Mallatukli g‘ingpashsha
Mallatukli g‘ingpashsha ( lat. Eumerus rufipilus ) — g‘ingpashshalar (Syrphidae) oilasiga mansub bo‘lib, Ildiz yeyuvchi (Eumerus) turkumiga kiruvchi kamyob turi sanaladi. Oʻzbekiston Qizil kitobiga kiritilgan .
Tarqalishi
Oʻrta Osiyo: Qirgʻiziston, Oʻzbekiston (Hayot, Nurota tizmasi) .
Tavsif
Bunday kichik g‘ingpashshalar turining qorin dumaloq va tanasida sarg‘ish belgilari bo‘ladi . Quruq aralash o‘tli dashtlar va shag‘al va mayda tuproqli yonbag‘irlarida (d.s.b. 1500–2000 m) yashaydi. Kam o‘rganilgan. Yiliga bir marta nasl beradi. Ilk uchishi va tuxum qo‘yishi iyunda; soyabonguldoshlarning (Apiaceae) gullarida, lichinkalari piyozguldoshlarda (Liliaceae) oziqlanadi. Bir necha donasigina uchragan. Bu tur 1969-yilda sovet dipterologi Lyudmila Vladimirovna Pek (Qirg‘iziston SSR Fanlar akademiyasining Biologiya instituti) tomonidan qayd etilgan .
Cheklovchi omillar
Daraxt va butalarning kesib tashlanishi, me’yorsiz pichan tayyorlash, chorvachilikda yaylovdan haddan tashqari ko‘p foydalanish.
Muhofaza choralari
Nurota qo‘riqxonasida muhofaza ostiga olingan. Yashash joylari, hayot tarzi va sonini yetarlicha o‘rganish lozim.
Manbalar
Adabiyot
Havolalar
uz.wikipedia.org