Malinkin Nikolay Petrovich




Nikolay Petrovich Malinkin (1895.9.5, Tver gubernyasi, Rossiya — 1968.1.7, Toshkent) — agronom olim, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1966), qishloq xoʻjaligi fanlari doktori (1959), professor (1961). Oʻrta Osiyo universitetni tugatgan (1925). SoyuzNIXIning Oʻgʻitlar va agrotuproqshunoslik markaziy stansiyasida agronom (1925—26), katta ilmiy xodim (1926—52; 1941—45 yillarda ilmiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosari). Toshkent Davlat Universitetida dotsent, kafedra mudiri (1955—66). Ilmiy ishlari paxtachilikni kimyolashtirish, oʻgʻitlarning gʻoʻza va bedaga taʼsiri masalalariga bagʻishlangan.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz