Malina sharbati




Malina sharbati  – Malina mevasidan tayyorlanadigan ichimlik. Asosan u boshqa sharbatlarga aralashtirish uchun tayyorlanadi. Apelsin sharbati bilan birga yoki oʻzi ham isteʼmol qilinadi. Malina sharbatidan tayyorlanadigan Shotlandiya malinasi sharbati mahsuloti Bouvrage alkogolsiz ichimliklar sirasiga kiradi. U Anne Thomson va John Gallagher tomonidan yaratilgan ushbu ichimlik 1998-yilda Royal Highland Showda sotuvga chiqarilgan. U boshqa gazlangan ichimliklardan farqli ravishda biroz shirin va meva taʼmi koʻproq.

Ishlatilishi




Malina sharbatidan smetana tayyorlashda keng foydalaniladi. Bunda mevalar maydalangan yoki sharbat holida qoʻshiladi. U kokteyllar tarkibiy qismi sifatida, bar va restoranlarda ichimliklar, malinali jele kabi mahsulotlarda qoʻllaniladi. Malina sharbati tayyorlash va mevalarni yetishtirish moʻtadil mintaqalardan tashqari butun dunyo boʻyicha ham keng ommalashgan. Sharbat tayyorlash boʻyicha birinchi oʻntalikni Meksika, Polsha, Rossiya va AQSh davlatlari egallagan.

Dorivorligi



Sharbat tarkibida koʻp miqdorda temir elementi, C vitamini mavjud boʻlib, tana harorati koʻtarilgan vaqtda tavsiya qilinadi.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz