Malin Diaz




Malin Sophie Diaz Pettersson (1994-yil 3-yanvarda tugʻilgan) — shvetsiyalik yarim himoyachi, Djurgårdens IF jamoasida oʻynaydi. U avvalroq AIK, Tyresö FF va Damallsvenskanning Eskilstuna United DFF uchun klub darajasida oʻynagan. Diaz Shvetsiya ayollar futbol terma jamoasini xalqaro maydinda himoya qilgan.

Yoshligi



Malin 1973-yilgi davlat toʻntarishidan keyin sakkiz yoshida Chilidan Shvetsiyaga koʻchib oʻtgan shved Tomas Pettersson va Klaudiya Diazning farzandi hisoblanadi.

Jamoalardagi faoliyati



Diaz 15 yoshida Damallsvenskanda AIK uchun debyutini 2009-yil oktyabr oyida Sunnanå SKga qarshi oʻtkazdi. U birinchi oʻyinidan bir hafta oʻtgach, Kopparbergs/Göteborg FC ga qarshi sosiy tarkibda boshladi va oʻzining klubdagi birinchi golini ham kiritdi. U 2009-yilgi mavsumni ikkita oʻyin oʻtkazdi, ularning birida asosiy tarkibda maydonga tushgan boʻlsa ikkinchisida zaxiradan maydonga tushdi va bitta gol muallifiga aylandi. 2010-yilgi Damallsvenskan mavsumida AIKga qaytganidan soʻng, u 19 ta oʻyinda jami 1488 daqiqa oʻynagan holda 16 marta maydonga tushdi va ikkita gol urdi: biri 3-iyul kuni Kristianstadga qarshi oʻyinda, AIK 3:1 hisobida gʻalaba qozondi va ikkinchisi 19-sentyabr kuni Umea bilan 2:2 hisobida durang oʻynakdi.

AIK quyi ligaga tushib ketganidan soʻng, Diaz 2011-yilgi mavsumda Norrettanda 17 ta oʻyin oʻtkazdi, u yerda u ikkita golga mualliflik qildi hama beshta golli uzatmani amalga oshirdi. Dias 2012-yilgi mavsum oldidan AIK bilan yangi ikki yillik shartnoma imzoladi. U 2012-yilgi mavsumda AIK safida jami 1656 daqiqa davomida 21 ta uchrashuvdan 19 tasida maydonga tushgan.

2013-yil yanvarida, 3–4–15 koʻrinishida mavsum yakunlanganidan soʻng, AIK yana quyi ligaga tushib ketdi, Dias liga chempioni Tyresyo bilan shartnoma imzoladi. Uning fikricha, jamoaga kirish qiyin boʻlsa-da, Tayresyoning yulduz nomlari bilan birga mashgʻulotlar uni futbolchi sifatida takomillashtirgan. U Tyresyo uchun debyutini 2013-yilning 19-mayida Sunnanå SKga qarshi oʻyinda oʻtkazdi va uning yangi jamoasi 10:2 hisobida gʻalaba qozondi.

Diaz oʻzining zaxirad qoldirilishidan charchadi va 2014-yilda muntazam oʻynashni boshlashdan oldin Tyresyoni tark etishga qaror qildi]. Tyresyoning 2014-yilgi UEFA Ayollar Chempionlar Ligasi finalida Volfsburgdan 4:3 hisobida magʻlub boʻldi. Tyresö 2014-yilda moliyaviy inqirozga uchradi va ligani tark etdi, barcha natijalarini oʻchirib tashladi hamda barcha futbolchilarini erkin agentga aylantirdi. 2014-yil iyun oyida Umeå IK Diaz bilan shartnoma imzolash boʻyicha muzokaralar olib borayotganini eʼlon qildi.

Buning oʻrniga Diaz yozgi tanaffusda Damallsvenskanning yangi kelgan Eskilstuna United DFF bilan shartnoma imzoladi. Eskilstuna - yuqoridagi jamoa va men ham bu jamoa bilan oʻsishda davom etishimni his qilyapman, deb taʼkidlab oʻtgan.

Xalqaro karyera




Shvetsiyaning 19 yoshgacha boʻlgan terma jamoasi safida Diaz 2012-yil U-19 Yevropa chempionatida ishtirok etdi. U Ispaniya ustidan 1:0 hisobida gʻalaba qozongan shved jamoasining qoʻshimcha taymdagi goliga mualliflik qildi UEFA turnirini yoritib kelayotgan muxbirlar Diazning texnikasi va toʻp uzatishini yuqori baholab, uni oʻnta porlab kelayotgan yulduzlar qatoriga kiritishdi.

2012-yilning dekabr oyida terma jamoa bosh murabbiyi Pia Sundhage Diazni Bosondagi yigʻinga chaqirdi. Dias 23 yoshgacha boʻlgan Shvetsiya terma jamoasi safida ham ishtirok etgan.

Dias 2014-yil aprel oyida Shimoliy Irlandiyaga qarshi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati-2015 saralash bosqichi doirasidagi Shvetsiya terma jamoasi safida jarohat olgan Karolin Seger terma jamoadan chiqqanidan keyin chaqirilgan edi. U Portadaunda jarohat vaqtida oʻrinbosar sifatida paydo boʻldi, va oʻzining birinchi kattalar jamoasidebyutini amalga oshirdi. Dias Blågult uchun birinchi oʻyinini 2014-yilning iyun oyida Farer orollari ustidan 5:0 hisobida gʻalaba qozonilgan oʻyinda amalga oshirgan.

2015-yil may oyida Dias va Eskilstuna jamoadoshlari Oliviya Shof va Sara Tunebro 2015-yilda Kanadada boʻlib oʻtadigan ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati uchun Sandhagening Shvetsiya terma jamoasiga chaqiruv olishdi.

Xalqaro maydondagi gollar




Yutuqlar



Xalqaro



Shvetsiya

Manbalar




uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz