Malika Qodirxonova




Malika Akbarovna Qodirxonova (tugʻ. 1967-yil, Toshkent) — oʻzbek davlat arbobi, tadbirkor, IV chaqiriq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati aʼzosi, 2021-yildan Senatning Xotin-qizlar va gender tengligi masalalari qoʻmitasi raisi.

Biografiya



Malika Akbarovna Qodirxonova 1967-yilda Oʻzbekiston SSRning Toshkent shahrida tugʻilgan. U 2015—2019-yillarda Toshkent viloyati „Ayollar tadbirkorligiga koʻmaklashish“ markazi rahbari sifatida xotin-qizlar oʻrtasida tadbirkorlikni rivojlantirish borasida katta ijobiy natijalarga erishdi. Malika Qodirxonovaning faolligi va tashabbusi bilan 2015-yilda viloyatda 300 nafar tadbirkor ayol faoliyat yuritgan boʻlsa, 2019-yilda ularning soni 4 ming nafardan oshgani buning dalilidir. „Nogironlar — tadbirkor ayollar“ uyushmasining Toshkent viloyatida tashkil etilgani ham Malika Akbarovnaning saʼy-harakatlari samarasidir. U 2020-yilda IV chaqiriq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati deputati, shuningdek, Senatning Byudjet va iqtisodiy islohotlar qoʻmitasi aʼzosi. Malika Akbarovna 2021-yilda Oliy Majlis Senatining Xotin-qizlar va gender tengligi masalalari qoʻmitasi raisi etib saylandi.

Mukofotlar



2018-yilda „Doʻstlik ordeni“ bilan taqdirlangan.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz