Malika Jahon
Malika Jahon (fors. ملکہ جھان; „dunyo malikasi“ degan maʼnoni anglatadi) Jaysalmer malikasi va Boburiy imperatori Jahongirning rafiqasi boʻlgan.
Oila
Malikaning rajputcha ismi nomaʼlum. Jaysalmer hukmdori Raval Bhim Singxning qizi. Otasi martabali va nufuzli kishi edi. Shuningdek Raval Harrajning nabirasi edi. Uning Kalyan Mal, Bhakar va Sulton ismli uchta amakisi bor edi. Uning xolasi 1570-yilda imperator Akbarga turmushga chiqqan va bu turmushidan Mahi Begum ismli qiz farzand dunyoga kelgan.
Nikoh
Boburiy imperator Jahongir unga shahzoda payti uylangan va unga „Malika jahon“ unvonini berdi, buning lugʻaviy maʼnosi „dunyo malikasi“dir. Jahongir oʻz xotiralarida bu ittifoq malikaning oilasi hamisha Boburiylarga sodiq boʻlgani uchun tuzilganini qayd etadi.
Ommaviy madaniyatda
Malika Jahon – Firuz Madonning „Uchinchi shahzoda“ (2015) tarixiy romanida uning obrazi eslatib oʻtilgan.
Manbalar
uz.wikipedia.org