Malika Abdullaxo‘jayeva
Malika Samadovna Abdullaxoʻjayeva (1932.28.11, Moskva — 2018.26.06) — patolog-anatom, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1980). Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi akademigi (2000). Tibbiyot fanlari doktori (1968), professor (1970). Oʻzbekiston qahramoni ordeni bilan taqdirlangan.
Toshkent tibbiyot akademiyasini bitirgan (1956). Toshkent tibbiyot akademiyasi Markaziy ilmiy tadqiqot laboratoriyasi mudiri (1960 — 62), Oʻzbekiston rentgenologiya, radiologiya va onkologiya ilmiy tadqiqot instituti patomorfologiya va gi-stoximiya laboratoriya mudiri (1963-69), Toshkent tibbiyot akademiyasi (1969 — 90), 1990-yildan 2-Toshkent tibbiyot akademiyasi patologik anatomiya kafedrasi mudiri. Abdullaxoʻjayevaning ilmiy ishlari, asosan nerv sistemasining immunopatologiyasi, geografik patologiya va tibbiyot tarixi masalalariga bagʻishlangan, Oʻzbekistonda tibbi-yot sohasidagi yangi yoʻnalish — transplantatsiyey immunopatologiya asoschisi. 6Oʻzbek va rus tillarida chop etilgan birinchi patologik anatomiya darsligining (1997) muallifi. Kaliforniya shtatining faxriy fuqarosi (1986-yildan).
Manbalar
uz.wikipedia.org