Malik Fathi
Malik Deniz Fathi (1983-yil 29-oktyabrda tugʻilgan) — nemis sobiq professional futbolchisi, chap qanot himoyachisi sifatida oʻynagan.
Klubdagi faoliyati
2003-yildan 2008-yilgacha Gerta BSCda himoyachi sifatida oʻynagan.
2008-yil 12-martda u Moskvaning „Spartak“ klubi bilan shartnoma imzolagan. 2010-yil yanvar oyida u 1-liga FSV Mainz klubiga ijaraga berilgan. Ushbu holat 2011-yil iyul oyida mavsum ohiriga qadar davom etgan. U 2012-13-yilgi mavsum uchun " Kayserispor "ga ijaraga berilgan. Ammo 2012-13-yilgi qishki transfer oynasi oxirida u yarim mavsumga ijara asosida TSV 1860 Myunxenga qoʻshilgan.
2014-yilning 14-aprelida uning „Maynts 05“dagi shartnomasi muddati uzaytirilmasligi maʼlum bo‘lgan. 2015-yil 30-yanvarda u Ispaniya Segunda B divizionining " Atletiko Baleares " klubiga oʻtgan. Fathi Ispaniya futbol piramidasining uchinchi eng yuqori darajasida deyarli 100ta liga oʻyinlarini oʻtkazgan.
Xalqaro faoliyati
Fathi 2003-yilgi FIFA yoshlar oʻrtasidagi Jahon chempionatida Germaniya sharafni munosib himoya qilgan. 2006-yilgi 21 yoshgacha boʻlganlar oʻrtasidagi Yevropa chempionatida Germaniya U-21 terma jamoasini sharafni himoya qilgan.
U 2006-yilning 16-avgustida Shvetsiyaga qarshi oʻz uyida boʻlgan uchrashuvda mezbonlar 3:0 hisobida gʻalaba qozongan. Va huddi shu uchrshuvda Fathi Germaniya terma jamosi safida ilk bor maydonga tushgan. U tanaffusda Marsel Yansenni oʻrniga zahiradan maydonga tushgan. Oʻzining ikkinchi va oxirgi xalqaro oʻyinida u Rostokda Guruziya terma jamosiga qarshi oʻtkazgan hisob 2:0 ga yetganda oʻyin tugashiga 15 daqiqa qolganda Tomas Xitzlspergerni oʻrniga maydonga tushgan.
Shaxsiy hayoti
Futbolchilik faoliyatini boshlashdan oldin u Gerta Zelendorf Berlin va Borussiyada tennis oʻynagan. U boʻsh vaqtlarida basketbol oʻynaydi.
Faoliyat statistikasi
Manbalar
uz.wikipedia.org