Malik Abdusamatov




Malik Shoaxmedovich Abdusamatov (4-aprel 1928-yil — 2008-yil) — sovet va oʻzbek sharqshunos — eronshunosi, filologiya fanlari nomzodi, dotsent. Oʻzbekistonning mashhur sharqshunos va eronshunoslaridan biri, Oʻzbekistondagi eronshunoslik maktabining yorqin namoyandalaridan biri. U oʻzbek tilida fors tiliga oid bir qator darslik va kitoblar, jumladan, mashhur fors tili darsligi muallifi sifatida tanilgan.

Biografiyasi



Malik Abdusamatov 1928-yil 23-aprelda Toshkent shahrida tugʻilgan. 1950-yilda Toshkentdagi Oʻrta Osiyo davlat universiteti (hozirgi Oʻzbekiston Milliy universiteti) Sharq fakultetining Eron-Afgʻon boʻlimini tamomlagan. Universitetni tugatgach, 1954-yilgacha aspiranturada ishladi. 1954-1956-yillarda Moskva xalq xoʻjaligi yutuqlari koʻrgazmasida ishlagan.

1957-1958-yillarda Oʻzbekiston SSR Fanlar akademiyasi (hozirgi Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi) Sharqshunoslik institutida ilmiy xodim boʻlgan. 1959-yildan Malik Shoaxmedovich fors tili katta oʻqituvchisi lavozimida ishlay boshladi. 1974-yilda esa u „Fors tili darsligi“ mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan. 1976-yilda dotsent lavozimida ishlagan.

1979-yildan Malik Shoaxmedovich Toshkent Davlat universiteti (hozirgi Oʻzbekiston Milliy universiteti) Sharq fakulteti Eron-afgʻon filologiyasi kafedrasi dotsenti. 1990-2005-yillarda Toshkent davlat sharqshunoslik institutining Sharq tillarini oʻqitish pedagogikasi va metodikasi kafedrasi mudiri.

1995-yilda Eron poytaxti Tehronda boʻlib oʻtgan fors tilini oʻrganish boʻyicha xalqaro anjumanda qatnashdi.

Malik Abdusamatov 2008-yilda 80 yoshida vafot etdi.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz