Malik Abdurazzoqov




Malik Abdurazzoqovich Abdurazzoqov (1919-yil avgust — 1973-yil 15-iyun, Toshkent, Oʻzbekiston SSR, SSSR) — Oʻzbekiston sovet partiya yetakchisi, Oʻzbekiston SSR Kommunistik partiyasi Toshkent viloyat qoʻmitasining birinchi kotibi (1961—1970).

Tarjimai holi



1919-yil avgustda ishchi oilasida tugʻilgan. Millati - oʻzbek. 1938-yilda Namangan pedagogika texnikumini tamomlagan.

1933—1940-yillarda Oʻzbekiston SSR xalq ta’limi tizimida oʻqituvchi, maktab direktori, Namangan shahar maorif boʻlimi inspektori lavozimlarida ishlagan.

1940-yildan KPSS (b) aʼzosi. Xuddi shu yildan komsomol va partiya ishida faoliyat boshlagan.

1944—1948-yillarda Oʻzbekiston Komsomoli MK kotibi, ikkinchi kotibi, 1948—1951-yillarda Oʻzbekiston KP (b) Qashqadaryo viloyat qoʻmitasining ikkinchi kotibi boʻlib ishlagan.

1948-yilda Bolsheviklar Butunittifoq Kommunistik partiyasi Markaziy Komiteti huzuridagi Oliy partiya maktabini sirtdan tamomlagan.

1951-yil yanvarda Oʻzbekiston komsomoli Markaziy qoʻmitasining birinchi kotibi etib tayinlandi.

1952-yil dekabrdan 1955-yil aprelgacha Oʻzbekiston Kompartiyasi Toshkent shahar qoʻmitasining birinchi kotibi, soʻngra 1961-yilgacha Oʻzbekiston Kompartiyasi MK kotibi.

1961-yil fevraldan 1963-yil yanvargacha Oʻzbekiston Kompartiyasi Toshkent viloyat qoʻmitasining birinchi kotibi.

N. S. Xrushchev tashabbusi bilan partiya va xoʻjalik apparatini qayta tashkil etish jarayonida 1963-yil yanvar oyida Oʻzbekiston Kompartiyasi Toshkent qishloq okrug qoʻmitasining birinchi kotibi (1964-yil dekabrigacha) etib tayinlandi.

1964-yil dekabridan 1970-yil yanvarigacha yana Oʻzbekiston Kompartiyasi Toshkent viloyat qoʻmitasining birinchi kotibi lavozimida ishladi.

1970-yil yanvaridan to vafotigacha Oʻzbekiston SSR ta’minot vaziri boʻlgan.

1961—1971-yillarda KPSS Markaziy Qoʻmitasi aʼzoligiga nomzod.

SSSR Oliy Kengashining 4, 5, 6, 7-chaqiriqlari deputati etib saylangan.

Mukofotlar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz