Malick Mané




Malick Neme Mané (talaffuzi: Malik Neme Mane) (1988-yil 14-oktyabrda tugʻilgan) — senegallik sobiq futbolchi, hujumchi sifatida oʻynagan. U Sadio Manening ukasi

Faoliyati



Klub



Aktobe
2011-yil fevral oyida Mane Qozogʻistonga koʻchib oʻtgan va Qozogʻiston Premyer-ligasi vakili „Aktobe“ bilan bir yillik ijara shartnomasini imzolagan. Shuningdek, „Aktobe“da Maneni 1 million dollarga ijara shartnomasi yakunlanganidan keyin sotib olish imkoniyati ham mavjud boʻlgan.

Sogndal
2012-yilning fevralida „Aktobe“ bilan shartnoma muddati tugagach, Mane Sogndal Fotball jamoasiga ikki yillik shartnoma asosida qoʻshilgan.

IFK Göteborg
2014-yilning 12-martida Mane Shvetsiyaning Allsvenskan jamoasi IFK Göteborg bilan toʻrt yillik shartnoma imzolagan.

2014-yil iyul oyida Mane IFK Göteborgdan bir mavsumga ijara asosida A-Liga vakili Central Coast Mariners jamosiga qoʻshilgan. Mane Avstraliyada oʻz oʻyin topib keta olmagach, dekabr oyida Shvetsiyaga qaytgan. Avstraliyadan qaytganidan koʻp oʻtmay, Mane Norvegiyaning OBOS-ligaen jamoasi Hønefoss bilan bir yillik ijara shartnomasini imzolab jamoa tarkibiga qoʻshilgan. 2015-yil sentyabrida Manening Xønefoss bilan ijara shartnomasi bekor qilingan va u Saudiya Professional ligasi vakili Najran SCga qoʻshilgan. Futbolchi klub bilan 2016-yil 15-iyulgacha ijara shartnomasi imozlagan.

2016-yilning 13-fevralida Manening IFK Göteborg bilan shartnomasi bekor qilingan.

Taraz
IFK Göteborgdan chetlatilib erkin agentga aylanganidan soʻng, Mane fevral oyi oxirida Qozogʻiston Premyer-ligasi vakili FC Taraz bilan bogʻlangan. Tarazliklar Maneni sinovga chaqirishgan. Sinovlar muvaffaqiyatli oʻtganidan soʻng, 2016-yil 26-fevralda ular oʻrtasida shartnoma imzolangan.

Atirau
2019-yil 3-iyul kuni Mane „Atirau“ klubi bilan shartnoma imzolab, Qozogʻiston Premyer Ligasining boshqa klubiga oʻtgan.

Faoliyat statistikasi



Klub




Xalqaro




Manbalar




uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz