Malayziyadagi korrupsiya




Malayziyadagi korrupsiya Sharqiy Osiyo va Janubi-Sharqiy Osiyoning qolgan qismiga qaraganda nisbatan past hisoblanadi. Transparency International tashkiloti tomonidan 2013-yilda Malayziyada o‘tkazilgan jamoatchilik so‘roviga ko‘ra, xo‘jaliklarning aksariyati Malayziya siyosiy partiyalarini juda korrupsiyalashgan deb bilishgan. So‘rovda qatnashgan xo‘jaliklarning to‘rtdan bir qismi hukumatning korrupsiyaga qarshi kurashdagi saʼy-harakatlarini samarasiz deb hisoblaydi.

Transparency International tashkilotining 2021-yil uchun korrupsiyani idrok etish indeksida mamlakat 180 mamlakat ichida 62-oʻrinni egalladi.

Jahon Iqtisodiy Forumining 2013-2014 yillardagi Global raqobatbardoshlik hisobotida soʻralgan biznes rahbarlari kompaniyalarning axloqsiz xatti-harakatlari Malayziyada biznes yuritish uchun noqulaylik tugʻdirishini koʻrsatdi. Baʼzan davlat shartnomalari yaxshi aloqador kompaniyalarga beriladi va Bumiputera kompaniyasining tanlangan kompaniyalariga ochiq tendersiz yirik infratuzilma loyihalarini berish siyosati davom etmoqda deb xabar qilingan ommaviy axborot vositalari xabarnomalarida.

2020-yil 28-iyulda sobiq bosh vazir Najib Razzoq 1Malaysia Development Berhad janjali bilan bog‘liq holda Malayziya Oliy sudi tomonidan vakolatni suiisteʼmol qilish, pul yuvish va ishonchni jinoiy buzish kabi yettita ayblov bo‘yicha sudlangan edi. U 12 yil qamoq jazosiga hukm qilindi va 210 million RM yani malayziya ringngiti miqdorida jarimaga tortildi.

Korrupsiyani qabul qilish indeksi



Malayziya korrupsiya boʻyicha 100 balldan 48 ballga ega boʻlgan (yuqori ball kamroq korrupsiyaga uchragan); Transparency International roʻyxati  Malayziyaning asosiy korruptsiya muammolarini quyidagicha izohlagan.

2013-yilda Malayziya Ernst and Young tomonidan o‘tkazilgan so‘rovda qo‘shni davlatlar va Xitoy bilan bir qatorda xorijiy biznes rahbarlarining fikriga ko‘ra mintaqadagi eng korrupsiyaga uchragan davlatlardan biri deb eʼlon qilingan.

Korrupsiya turlari



Immigratsiya qonunchiligidagi korrupsiya



Hukumat tomonidan Immigratsiya departamentidagi mayda korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha davriy chora-tadbirlarga qaramay, pora olish va firibgarlik yoʻli bilan viza berish uzoq vaqtdan beri, ayniqsa Kuala-Lumpur xalqaro aeroportining KLIA va KLIA2 terminallaridagi immigratsiya xizmati xodimlari orasida muammo boʻlib kelgan. 2016-yilda Malayziyaning Korrupsiyaga qarshi komissiyasi (MACC) Selangorda immigratsiya xizmati xodimlari sayohatchilardan pasport olish uchun to‘lovlarni undirib, so‘ng ularni nogiron deb eʼlon qilish uchun soxta hujjatlarni taqdim etgan, natijada Malayziya ringiti bilan 1 milliondan ortiq to‘lovdan voz kechgan sxemani aniqladi. 2016-yil dekabr oyida Malayziya matbuotiga bergan bayonotida Bosh vazir o‘rinbosari Ahmad Zohid Hamidiy KLIA va KLIA2 terminallarida ishlayotgan 1500 immigratsiya xizmati xodimlarining yarmidan ko‘pi turli korrupsion amaliyotlarda, jumladan, vizalarni firibgarlik bilan rasmiylashtirishda qatnashganligini toʻplangan maʼlumotlar asosida taxmin qildi.

Korrupsiyaga qarshi kurashuvchi organlar




Malayziya Korrupsiyaga qarshi komissiyasi (MACC) Malayziyadagi davlat idorasi boʻlib, davlat va xususiy sektordagi korrupsiyani tekshiradi va taʼqib qiladi.

Hozirda MACCni bosh komissar Azam Baki boshqaradi. U 2020-yil mart oyida yangi Perikatan Nasional (PN) hukumati ish boshlaganidan keyin Pakatan Xarapan (PH) hukumati tomonidan tayinlangan sobiq bosh komissar Latifa Koya o‘rniga tayinlangan. lgari uni bosh komissar Datuk Dzulkifli Ahmad boshqargan. U 2016-yilning 1-avgustida sobiq bosh komissar Tan Sri Abu Qosim Muhammad o‘rniga tayinlangan edi. Agentlik hozirda Bosh vazir departamenti qoshida tashkil etilgan.

Pakatan Xarapan oʻz vakolati davomida munozarali shaxs, hukmron koalitsiya partiyasi, Xalq adolati partiyasining sobiq aʼzosi Lateefa Koyani korrupsiyaga qarshi kurash agentligiga rahbarlik qilib tayinlagan edi.

2018-yil 3-iyul kuni sobiq bosh vazir Najib Razzoq Malayziya Korrupsiyaga qarshi kurash komissiyasi (MACC) tomonidan 1MDB sho‘ba korxonasi bo‘lgan SRC Internationaldan Najibning bank hisobiga go‘yoki 42 million RM (10,6 million AQSh dollari) qanday o‘tganini tekshirayotganda hibsga olindi. Politsiya 273 million dollarlik 1400 ta marjonlarni, 567 ta sumka, 423 ta soat, 2 200 ta uzuk, 1 600 ta brosh va 14 ta tiarani musodara qildi. 2020-yil 28-iyulda Oliy sud Najibni hokimiyatni suiisteʼmol qilish, pul yuvish va jinoiy ishonchni buzishda aybdor deb topdi va bu Malayziyaning korrupsiyada ayblangan birinchi Bosh vaziri boʻldi va 12 yil qamoq jazosiga hukm qilindi va 210 million RM miqdorida jarimaga tortildi.

Maxsus holatlar



Soxta halol goʻsht mojarosi



Malayziyada 40 yil davomida soxta halol go‘sht sotish bilan bog‘liq korrupsiya mojarosi 2020-yil dekabr oyida aniqlangan. Goʻsht karteli Braziliya, Boliviya, Kanada, Xitoy, Kolumbiya, Meksika, Ispaniya va Ukraina kabi halol boʻlmagan sertifikatlangan manbalardan goʻsht kontrabandasi bilan shugʻullangan. Kontrabanda qilingan go‘sht orasida ot, kenguru va hatto cho‘chqa go‘shti ham bo‘lgan, ular aralashtirilib, halol sertifikatlangan mol go‘shti sifatida sotilgan, bunday holatlar ham \mlaayziyada kontrabandalar bo\yicha eng katta korrupsion holatlardan biri bo\lib sanalgan.

Pan-Electr Industries Scandal



Pan-Electric Industries Singapurda joylashgan boʻlib, dengizni qutqarish ishlariga ixtisoslashgan va 230 million singapur dollari bozor kapitallashuviga ega boʻlgan 71 ta shoʻba kompaniyalarga, jumladan mehmonxona va mulkiy manfaatlarga ega bo\lga yirik sho\ba korxonalardan biri sanalgan. Kompaniya 1985-yilda toʻgʻri kelmaydigan forvard shartnomalari tufayli qulab tushdi va Singapur va Malayziya birjalarini uch kunga yopishga majbur qildi. U bankrot boʻlganida kompaniyaning umumiy qarzi 480 million singapur dollari boʻlgan va 5500 aktsiyadorga tegishli barcha aktsiyalari bir kechada qadrsiz boʻlib qolgan. 2000-yil holatiga koʻra, bu Singapur tarixidagi eng yirik korporativ inqiroz boʻlib qolmoqda va Singapur fond birjasi (SES) yopilishi kerak boʻlgan yagona holatlardan biri hisoblangan. Malayziya Kuala-Lumpur fond birjasi ham shu sababli uch kunga yopilishga majbur bo‘lgan edi.

Depozit olish kooperatsiyasi janjali



Qulashdan soʻng kompaniyaning Piter Tham, Tan Kok Liang va Tan Kun Svon kabi asosiy shaxslari jinoiy javobgarlikka tortildi va turli xil qamoq jazolariga hukm qilindi. Kompaniyaning qulashi jamoatchilikning SESga boʻlgan ishonchini larzaga keltirdi, bu esa aktsiyalarning narxini pasayishiga olib keldi.

CAP tekshiruvlari shuni koʻrsatdiki, kooperativlardagi notoʻgʻri xatti-harakatlar direktorlar tomonidan kooperativlarning mablagʻlaridan oʻzlariga tegishli yoki nazorat qilinadigan yerlarni bozor narxidan yuqori narxda sotib olish uchun foydalanganliklarini oʻz ichiga oladi. Direktorlar, shuningdek, kooperativlarni xususiy kompaniyalardagi aktsiyalarini bozor qiymatidan yuqori narxda sotib olishga majbur qilishdi. Kooperativlar, shuningdek, direktorlar, ularning qarindoshlari yoki kompaniyalariga katta garovsiz kreditlar berdi.

1986-yil 29-iyulda CAP „Kooperativlar ustidan nazoratni kuchaytirish zarurati“ toʻgʻrisida memorandumni Bank Negara Malaysia (BNM), Moliya vazirligi, Jabatan Pembangunan Koperasi (JPK) va Milliy va qishloq taraqqiyoti vazirligiga yubordi. Memorandumda, agar 1948-yildagi Kooperativ jamiyatlari toʻgʻrisidagi qonunga oʻzgartirishlar kiritilmasa va kooperativlar faoliyati qatʼiy tartibga solinmasa, omonatchilar milliardlab dollar yoʻqotishi mumkinligi taʼkidlangan.

DTC fiaskosiga 24 ta kooperativ, 522 000 omonatchilar va 1,5 milliard RM ga yaqin depozitlar jalb qilindi.

Koperasi Belia Bersatu Berhad (KOSATU) 1986-yil iyul oyida omonatlarini olib qoʻymoqchi boʻlgan omonatchilarga toʻlovlarni toʻxtatib qoʻyishi sabab boʻlgan. 1986-yil 20-iyulda eʼlon qilingan Muhim (Omonatchilarni himoya qilish toʻgʻrisida) 1986-yilgi Nizom BNMga KOSATU va uning asosiy boshqaruvi aktivlarini muzlatish, shuningdek, kooperativlarning ishlarini tekshirish imkonini berdi. Boshqa omonatchilar asabiylashdi va bu boshqa DTClarda yugurishga olib keldi. 1986-yil 8-avgustda yana 23 ta kooperativning faoliyati ham toʻxtatildi. Keyin 17 ta buxgalteriya firmalari BNMga tergovlarida yordam berish va Oq qogʻozni ishlab chiqish uchun tayinlandi.

DTC haqidagi Oq kitobda 1986-yil noyabriga qadar 24 ta DTC notoʻgʻri boshqaruv yoki firibgarlik natijasida taxminan 673 million RM yoʻqotganligini koʻrsatdi.

Bu yer va mulkka ortiqcha investitsiyalar kiritish kabi mablag‘larning qo‘pol ravishda noto‘g‘ri sarflanishiga olib keladi, bunda aktivlarning qariyb beshdan bir qismi uy-joy qurish loyihalari va asosiy vositalarga ega bo‘lib, ularning bir qismi ko‘chmas mulk bozori avjida sotib olingan mol mulklar hisoblangan.

Zarar koʻradigan yoki daromad keltirmaydigan shoʻba va tegishli kompaniyalarda ham ortiqcha majburiyatlar mavjud boʻlib, ularning umumiy aktivlarining 42% ga yaqini kreditlar yoki bunday kompaniyalarga kapital qoʻyilmalarga yoʻnaltirilgan.

Ayrim kooperativlarda firibgarlik va manfaatlar toʻqnashuvi holatlari pul mablagʻlarini, shu jumladan, direktorlar va boshqa manfaatdor shaxslarga ehtiyotkorlik bilan qarz berish holatlariga olib kela boshladi.

Koʻpgina kooperativlar qarz olish huquqiga ega boʻlmagan yoki ulardan oshib ketgan. Ulardan baʼzilari JPK roziligisiz yoki xususan JPK ruxsatiga qarshi aktivlar yoki loyihalarga sarmoyalarni katta miqdorda olib kirgan.

1986-yilda 3 ta DTMning 5 direktori sudda ayblangan, 1987-yilda esa yana 5 ta DTMning yana 17 direktori ham moliyaviy korrupsiyalarga ayblangan.

24 ta DTM omonatchilariga pul mablagʻlarini qaytarish 3 turdagi qutqaruv sxemalari orqali amalga oshirildi. Ushbu qutqaruv sxemalari naqd pul yoki naqd pul va kapitalning kombinatsiyasi orqali ringgit uchun toʻliq ringgitni qaytarishni nazarda tutgan moliyaviy koʻrinishlardan biri hisolangan edi.

Qutqaruvga Bank Negara Malaysiadan 600 million RM miqdoridagi imtiyozli kreditlar va tijorat kreditlari jalb qilindi.

1988-yilda yana 7 ta kasal DTC tekshirildi. 3 tasi Sabahda va 4 tasi Malayziya yarim orolida faoliyat yuritgan. Yarim oroldagi 4 tadan biri uy-joy kooperativlari federatsiyasi Ltd boʻlib, kooperativ Markaziy banki 78% ulushga ega boʻlgan.

1MDB janjali



1Malaysia Development Berhad janjali (1MDB janjali) „dunyodagi eng katta moliyaviy janjallardan biri“ hisoblanadi va Amerika Qoʻshma Shtatlari Adliya vazirligi tomonidan 2016-yildagi „shu kungacha boʻlgan eng yirik kleptokratiya ishi“ deb eʼlon qilingan.

2015-yilda Malayziyaning o‘sha paytdagi Bosh vaziri Najib Razzoq RM orqali aloqa qilishda ayblangan edi

Najibga muxolifatdagi siyosiy lider Anvar Ibrohim 2010-yildayoq 1MDB vakolatlarini ochiqdan-ochiq so‘roq qilgan. U parlamentga, Kompaniyalar komissiyasi maʼlumotlariga koʻra, kompaniyaning „ish manzili va tayinlangan auditori yoʻq“ligini aytib chiqgan. Ommaviy eʼlon qilingan hisoblariga koʻra, 1MDB deyarli 42 milliard (11,73 mlrd AQSh dollari) RMga teng hisoblangan.

2018-yilgi saylovlardan soʻng yangi saylangan bosh vazir Mahathir Muhammad 1MDB janjali boʻyicha tergovni qayta boshladi. Malayziya Immigratsiya departamenti Najib va yana 11 kishining mamlakatdan chiqib ketishini taqiqladi, politsiya esa Najib bilan bog‘liq bo‘lgan mulkdan 500 dan ortiq sumka va 270 million dollarga baholangan 12 ming zargarlik buyumlarini olib qo‘ydi. Najibga ishonchni suiisteʼmol qilish, pul yuvish va mansab vakolatlarini suiisteʼmol qilish ayblovlari qoʻyilgan, Low Taek Jo (odatda Jho Low deb ataladi) esa pul yuvishda ayblangan. AQSh Adliya Departamenti 1MDBga nisbatan 4,5 milliard AQSh dollaridan koʻproq mablagʻ sarflaganini daʼvo qilib, oʻz tekshiruvini oʻtkazdi.

2020-yil sentabr oyida 1MDBdan o‘g‘irlangan taxmin qilingan summa 4,5 milliard AQSh dollarini tashkil qilgan va Malayziya hukumati hisobotida 1MBDning to‘lanmagan qarzlari 7,8 milliard AQSh dollarini tashkil etgani haqida xabarlar berildi. Hukumat 1MDB qarzlarini oʻz zimmasiga oldi, bunga 2039-yilda toʻlanadigan 30 yillik obligatsiyalar ushbu roʻyxatlar safiga kiradi kiradi.

2021-yil 5-avgust holatiga ko‘ra, global kleptokratiyaga qarshi kurashda davom etayotgan saʼy-harakatlar natijasida AQSh Adliya vazirligi AQSh yurisdiktsiyasi doirasida o‘zlashtirilgan 1MDB mablag‘larining jami 1,2 milliard AQSH dollarini undirib, bir nechta ro‘yxatga qo‘shilgan holda Malayziya xalqiga qaytardi.

Yana qarang




Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz