Malang




Malang — Indoneziyadagi shahar, Yava o.ning sharqiy qismida, Semeru vulkani etagida. Aholisi 765 ming kishi (1990-yillar oxirlari). Transport yoʻllari tuguni. Brantas daryosi havzasidagi plantatsiyalar (kofe, kauchuk, shakarqamish) rayonining savdo markazi. Malang mahsulotlari qayta ishlanadi. Oziq-ovqat, toʻqimachilik, mebel korxonalari, tamaki fabrikasi, universitet bor. Shahar yaqinida Kidal (13-asr oʻrtalari), Singasari (1300), Jago (13-asr) ibodatxonalari saqlangan.

Manbalar






uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz