Malak





Malak - somiy tillarda elchi ma’nosini anglatadi. Tarjima qilinganda farishta ma’nosida qo‘llaniladi, ko‘pligi: maloika; farishta - nurdan yaratilgan mavjudot. Islom aqidasiga muvofiq, farishtalar muayyan vazifalar yuklatilgan Xudoning maxluqotlari. Jumladan: Jabroil (Jibriil, Ruhu-l-quds) - bosh farishta, u Parvardigor amrini, samoviy buyruqlarni Rasulga yetkazib turgan. Mikoil - koinotni boshqaruvchi, janglarda qo‘mondonlik qiladi. Azroil - jon olish faoliyati bilan shug‘ullanadi. Isrofil - qiyomat kunidan ogoh qiladi, darak beruvchi surnayni chaladi, ruhlarni tarbiya qilish ham uning vazifasidir. Bundan tashqari, yana maxsus vazifalarni bajarib turuvchi ko‘plab farishtalar mavjud.

Manbalar




Adabiyotlar




uz.wikipedia.org

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz