Malabo




Malabo (1973-yilgacha Santa-Isabel) — Ekvatorial Gvineya Respublikasi poytaxti. Bioko orolda joylashgan. Ikdimi ekvatorial iqlim, yillik oʻrtacha temperatura 25,4°; yiliga 200 mm chamasida yogʻin yogʻadi. Aholisi 40 ming kishidan ziyod. Shaharga 19-asrning 20-yillarida inglizlar tomonidan asos solingan. 1843-yilgacha Port-Klarens, oʻsha yildan Santa-Isabel deb atalgan. 1968-yilgacha Ispaniya mustamlakasi Gvineyaningmaʼmuriy markazi boʻlgan, 1968-yil 12-oktabrdan mustaqil Ekvatorial Gvineya Respublikasi poytaxti. 1973-yildan mustamlakachilarga qarshi qoʻzgʻolon boshchisi, qabila boshligʻi nomi bilan Malabo deb atala boshladi.

Malabo — Gvineya qoʻltigʻidagi port (kakao, kofe, mevalar eksport qilinadi). Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Taxta tilish va yogʻochsozlik, oziq-ovqat sanoati korxonalari mavjud. Palma moyi va sovun ishlab chiqariladi. Kutubxonalar, muzeylar bor. Malaboda hukumat idoralari, prezident saroyi joylashgan. Meʼmoriy yodgorliklari saqlangan.

Manbalar




uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz