Maksym Koval




Maksym AnatoliyovychKoval (talaffuzi: Maksim Koval; 1992-yil 9-dekabrda tugʻilgan) — ukrainalik professional futbolchi, Sheriff Tiraspol jamoasida darvozabon sifatida oʻynaydi.

Klublardagi faoliyati



Metalurh Zaporizhzhia FK



Koval Metalurh Zaporizhzhiani maktabini bitirgan. Birinchi marta 2009-yilning 26-iyulida asosiy jamoa zaxirasiga kiritilgan. 1-noyabr kuni Ukraina Premyer-ligasining 12-tur uchrashuvida maydonga tushgan. 3:0 hisobidagi g‘alabada darvozasi daxlsizligini saqlab qolgan. „Metallurg“ning koʻp oʻyinlarida asosiy tarkibda maydonga tusha boshladi. 19 ta o‘yinda atigi 23 ta gol o‘tkazib yuborgan.

Dynamo Kyiv




Debyut mavsumidan soʻng, 16 yoshidayoq Kovalga Kiyevning „Dynamo“si qiziqish bildirgan. 2010—2011-yilgi mavsum uchun atigi 3 ta oʻyinga shartnoma imzoladi.

2014—2015: Hoverla Ujgorodga ijara
2014-yilning 6-avgustida Koval Hoverla Uzhgorodga ijaraga berildi. 2015-yilning 3-martida „Dynamo“ning qishki yig‘inida ishtirok etganidan so‘ng, Koval mavsum oxirigacha Hoverlada ijarada oʻynashi maʼlum bo‘ldi.

2015—2016: Odense Boldklubga ijara
2015-yilning 30-avgustida Koval Daniyaning Odense Boldklubiga bir mavsumga ijaraga berildi.

2017—2018: Deportivo La Coruñaga ijara
2018-yilning 20-yanvarida Koval Ispaniya La Ligasining Deportivo La Coruña klubiga ijara asosida qo‘shildi.

2018—2019: Al-Fatehga ijara
2018-yilning 23-iyulida Koval 2018—2019-yilgi mavsumni Saudiya Arabistoni Professional Ligasining Al-Fateh klubida ijarada oʻtkazishi eʼlon qilindi.

Al Fateh



Ijara muddati tugagach, Al-Fateh Kovaln Kiyevning „Dynamo“sidan sotib olishga muvaffaq boʻldi va darvozabon bilan 3 yillik shartnoma imzoladi. 2022-yilning 30-iyunida shartnomasi tugaganidan keyin klubni tark etdi.

Sheriff Tiraspol



2022-yil 13-avgustda Sheriff Tiraspol Koval bilan shartnoma tuzganligini eʼlon qildi.

Xalqaro faoliyati



Koval 2011-yilning iyun oyida Oʻzbekiston va Fransiyaga qarshi oʻyinlar uchun milliy terma jamoaga chaqirilgan, biroq bu oʻyinlarning birortasida ham maydonga tushmadi. 2012-yilning 1-iyunida Avstriyaga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida (2:3, magʻlubiyat) tarkibga kiritildi. Koval 2012-yil Ukraina terma jamoasining oʻz maydonida boʻlib oʻtadigan UEFA Yevro-2012 turniri uchun tarkibiga kiritildi.

Faoliyat statistikasi



Klub



24-iyun, 2019-yil holatiga koʻra [10].mw-parser-output .reflist{font-size:90%;margin-bottom:0.5em;list-style-type:decimal}.mw-parser-output .reflist .references{font-size:100%;margin-bottom:0;list-style-type:inherit}.mw-parser-output .reflist-columns-2{column-width:30em}.mw-parser-output .reflist-columns-3{column-width:25em}.mw-parser-output .reflist-columns{margin-top:0.3em}.mw-parser-output .reflist-columns ol{margin-top:0}.mw-parser-output .reflist-columns li{page-break-inside:avoid;break-inside:avoid-column}.mw-parser-output .reflist-upper-alpha{list-style-type:upper-alpha}.mw-parser-output .reflist-upper-roman{list-style-type:upper-roman}.mw-parser-output .reflist-lower-alpha{list-style-type:lower-alpha}.mw-parser-output .reflist-lower-greek{list-style-type:lower-greek}.mw-parser-output .reflist-lower-roman{list-style-type:lower-roman}

Yutuqlari



Klub



Dynamo Kyiv

Individual




Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz