Maksvell-Boltzman taqsimoti
Maksvell taqsimoti - statistik muvozanat holatida turgan fizik sistema tarkibidagi klassik mexanika qonunlariga boʻysunuvchi zarralar (molekula, atom, elektron va boshqalar) ning tezlik boʻyicha taqsimlanishi qonuni. 1859-yilda J. K. Maksvell aniqlagan. Maksvell taqsimotiga, asosan, statistik muvozanat holatidagi gazda ixtiyoriy molekula tezligi v ning koordinatalardagi proyeksiyalarining mos ravishda erishishi mumkin boʻlgan istalgan vx vy,vz kattaliklarga toʻgʻri keluvchi birlik intervaldagi qiymatlardan birortasiga teng boʻlish ehtimolligini ifodalaydi. Maksvell taqsimoti birinchi marta 1920-yilda nemis fizigi O. Shtern tomonidan qizdirish natijasida kumush atomlarining bugʻlanib chikib turishidan foydalanib oʻtkazgan tajribalarida toʻla tasdiqlangan
Gaz molekulalarining tezliklari bo`yicha taqsimlanishi . Maksvell taqsimoti. Muvozanat holatda turgan gaz molekulalari agar gazga hech qanday tashqi kuchlar maydoni ta’sir etmayotgan bo`lsa, o`zaro to`qnashib turadi. Har bir to`qnashish jarayonida, energiya almashinuvi tufayli, molekula o`z tezligini ham miqdori bo`yicha, ham yo`nalishi bo`yicha o`zgartiradi. Maksvell extimollik nazariyasidan foydalanib 1859 yilda gaz molekulalarining tezlikka qarab taqsimlanish qonunini aniqladi, uning fikricha: 1. Тezliklar ichida extimolligi eng katta bo`lgan shunday e tezlik mavjudki, ko`pchilik molekulalar unga yaqin bo`lgan tezliklarda harakatlanadi. Тezligi e dan juda katta va juda kichik bo`lgan molekulalar oz miqdorni tashkil etadi. 2. Harakat tartibsiz bo`lgani uchun aniq bir tezlikda harakatlanayotgan molekulalar sonini hisoblab bo`lmaydi. Lekin ma’lum , + d oraliqdagi tezlikda harakatlanayotgan molekulalar sonini hisoblash mumkin. Buning uchun Maksvell nisbiy tezlikdan foydalanadi.
.
uz.wikipedia.org