Maksim Staviski
Maksim Staviski (bolgarcha: Максим Стависки; 1977-yil 16-noyabrda tugʻilgan) — Rossiyada tugʻilgan, muz ustida raqs boʻyicha musobaqalarda ishtirok etgan bolgariyalik muz raqqosi. Sherigi va unashtirilgan sevgilisi Albena Denkova bilan birga ikki karra (2006 — 2007) jahon chempioni, ikki karra (2003 — 2004) Yevropa chempionatining kumush medali sovrindori va 2006-yilgi Gran-pri finali chempioni boʻlgan. Denkova va Staviski juftligi figurali uchish boʻyicha Jahon chempionatida medal olgan birinchi Bolgariya vakillaridir.
Faoliyati
Maksim Staviski 1996-yilda Moskvada Denkova bilan juftlik hosil qilgan va u bilan Bolgariya vakili sifatida musobaqalarda bellashish uchun Sofiyaga koʻchib oʻgan. Juftlk tez orada bir-birlarini sevib qolgan. 2000-yil sentyabr oyida Denkova / Staviski murabbiy Aleksey Gorshkov va xoreograf Sergey Petuxov qoʻl ostida mashgʻulot oʻtay boshlagan.
Denkova / Staviski juftligi zotiljam bilan kasallanganidan keyin 2000-yilgi Yevropa chempionatini tark etgan. 2000-yilgi Jahon chempionatida erkin raqs oldidan soʻnggi mashgʻulot Denkovaning oyogʻi jarohat olgan uch oy davomida yura olmagan.
Denkova / Staviski juftligi 2001-yilgi Yevropa chempionatidan oldin gripp bilan kasallanishiga qaramay, musobaqada qatnashgan va 8-oʻrinni egallagan.
Denkova / Staviski juftligi 2004 — 2005-yillarda Yevropa chempionatida ishtirok etishdan voz kechdi va Jahon chempionatida qatnashib, 5-o‘rinni egallagan. Mavsum oxirida ular murabbiyi Gorshkov bilan xayrlashishgan va Natalya Linichuk va Gennadiy Karponosov murabbiyligida mashgʻulotlar oʻtkazish uchun AQShning Delaver shtatidagi Newark shahriga koʻchib oʻtishgan. Juftlik oʻzlarining uchinchi Olimpiada musobaqasida 5-o‘rindan joy olgan. Ular 2006-yilgi Jahon chempionatida figurali uchish boʻyicha jahon oltin medalini qoʻlga kiritgan birinchi bolgarlar boʻlishgan.
Shaxsiy hayoti
Staviski yahudiy diniga mansub. Uning familiyasi baʼzan Staviyski deb yoziladi. Denkova va Staviski unashtirilgan. Ularning o‘g‘li Daniel 2011-yil 30-yanvarda dunyoga kelgan.
Dasturlari
Natijalari
Staviski bilan
Manbalar
uz.wikipedia.org