Maksim Nekrasov
Maksim Aleksandrovich Nekrasov (ruscha: Максим Александрович Некрасов; 2000-yil 27-sentyabrda tugʻilgan) — Rossiya vakili sifatida muz ustida raqs musobaqalarida qatnashgan sobiq muz raqqosi. Konkida uchish boʻyicha sobiq sherigi Arina Ushakova bilan birga 2018-yilgi Oʻsmirlar oʻrtasidagi Jahon chempionatining bronza medali sohibi va 2018 — 2019-yilgi Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri finali kumush medali sovrindori boʻlgan. Shuningdek, Nekrasov Xalqaro konkida uchish ittifoqi tomonidan oʻtkazilgan Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri seriyasida oltita medalni qoʻlga kiritgan, jumladan 2017-yilda Italiyada, 2018-yilda Litvada va 201- yilda Armanistonda boʻlib oʻtgan bosqichlarning barchasida oltin medallar bilan taqdirlangan.
Shaxsiy hayoti
Maksim Aleksandrovich Nekrasov 2000-yil 27-sentyabrda Rossiyaning Odintsovo shahrida tugʻilgan.
Faoliyati
Nekrasov 2004-yilda konkida uchishni oʻrgana boshlagan. U 2010-yilgacha yakka holda konkida uchuvchi sifatida mashq qilgan; keyin muz ustida raqs sport turiga oʻtgan.
2016 — 2017-yilgi mavsum
Ushakova / Nekrasov juftligi 2016 — 2017-yilgi mavsumdaalqaro konkida uchish ittifoqi tomonidan oʻtkazilgan Osmirlar oʻrtasidagi Gran-pri (JGP) musobaqasida qatnashish uchun tanlanib olindi. Juftlik avgust oyi oxirida Chexiyaning Ostrava va oktabr oyida Germaniyaning Drezden shahrida boʻlib oʻtgan bellashuvlarda bronza medallarini qo‘lga kiritgan.
2016-yil noyabr oyida juftlik 2016 Ice Star musobaqasida kumush medalni qoʻlga kiritgan. Juftlik 2017-yilgi Oʻsmirlar oʻrtasidagi Rossiya chempionatida yettinchi oʻrinni egallagan.
2017 — 2018-yilgi mavsum
2017-yilgi JGP seriyasida qatnashgan Ushakova / Nekrasov juftligi avgust oyida Belarusiyaning Minsk shahrida boʻlib oʻtgan bosqichda bronza medalini qoʻlga kiritgan. Ular oktabr oyida Italiyaning Egna shahrida boʻlib oʻtgan musobaqada oʻzlarining ilk oltin medalini qoʻlga kiritib, kumush medal sohiblari, jamoadoshlari Polishchuk / Vaxnov juftligini ikki ochkoga ortda qoldirganlar. Ushbu natijalar bilan Ushakova / Nekrasov juftligi 2017 — 2018 JGP finaliga yoʻllanma olgan va u yerda beshinchi oʻrinni egallagan.
2018-yil yanvar oyida Ushakova / Nekrasov juftligi 2018-yilgi Oʻsmirlar oʻrtasidagi Rossiya chempionatida ishtirok etib, bronza medalini qoʻlga kiritgan. Mart oyida juftlik Bolgariyaning Sofiya shahrida boʻlib oʻtgan 2018-yilgi Oʻsmirlar oʻrtasidagi Jahon chempionatida ham bronza medali sohibi boʻlgan.
Dasturlari
(Ushankova bilan)
Natijalari
JGP: Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri
Ushankova bilan
Manbalar
uz.wikipedia.org