Maksim Fedin




Maksim Sergeyevich Fedin (talaffuzi: Maksim Segeyevich fedin) (1996-yil 8-iyunda tugʻilgan) — qozogʻistonlik professional futbolchi, „Ordabasi“ klubi yarim himoyachisi.

Faoliyati



Klub



Bayterek Astana
Fedin Irtish Pavlodar yoshlar maktabida tahsil olgan. 2014-yilgi mavsumda u Bayterek bilan oʻynab, 26 oʻyin oʻtkazgan va 3 ta gol urgan.

Spartak Subotica
Fedin „Spartak Subotica“ ga 2015-yilning yanvarida kelib qoʻshilgan, biroq jarohati sabab 2014/15-yilgi mavsum oxirigacha oʻynay olmagan. U Superligadagi debyutini 2015/16-yilgi mavsumning 7-turida „Metalac“ga qarshi oʻtkazgan.

Atyrau
2016-yil 9-iyul kuni Fedin Qozogʻiston Premer-ligasi vakili „Atyrau“ bilan shartnoma imzolagan.

Okzhetpes
2017-yilning 12-yanvarida Fedin „Okzhetpes“ klubi bilan bir yillik shartnoma imzolagan.

Tobol
2018-yil 25-dekabrda „Tobol“ klubi Fedin bilan shartnoma imzolaganini eʼlon qilgan. Fedin 2019-yil 31-dekabrda „Tobol“ bilan shartnomasini 2020-yil oxirigacha uzaytirgan.

2020-yilning 4-aprelida Fedin 2020-yilgi mavsumning qolgan qismida ijara asosida oʻtkazish uchun "Kaisar " klubiga oʻtgan.

Turan
2022-yil yanvar oyida Fedin Turanga qoʻshilgan, 2022-yil iyun oyida oʻzaro kelishuvga koʻra shartnomani bekor qilgan.

Ordabasi
2022-yil 15-iyulda Ordabasi Fedin bilan shartnoma imzolaganini eʼlon qilgan.

Xalqaro faoliyati



Maksim Fedin Qozogʻiston terma jamoasining barcha yoshlar jamoalarida, yaʼni U17, U19 va U21 oʻyin amaliyotiga ega boʻlgan. 2017-yilning 10-iyun kuni u Qozogʻiston terma jamoasi tarkibida Daniyaga qarshi 2018-yilgi Jahon chempionati saralash oʻyinida ishtirok etgan, biroq zahirdan maydonga tushirilmagan. U 2018-yil 5-iyun kuni Ozarbayjonga qarshi oʻrtoqlik oʻyini uchun terma jamoadan chaqiruv olgan. Lekin bu oʻyinda ham zahirada qolib ketgan. U 2018-yilning 13-oktyabr kuni UEFA Millatlar ligasi doirasida Latviyaga qarshi oʻyinda terma jamoa safida debyut qilgan.

Faoliyat statistikasi



Klub




Xalqaro




Xalqaro maydondagi gollari




Manbalar




uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz