Maksim Belix
Maksim Valeryevich Belix (turkmancha: Maksim Waleryewic Belyh; 1984-yil 7-avgust, Ashxobod) — rossiyalik va turkmanistonlik futbol murabbiyi, futbolchi sifatida himoyachi pozitsiyasida oʻynagan. Qirgʻizistonning „Kaganat“ klubida murabbiy yordamchisi.
Biografiya
Maksim Belix 1984-yil 7-avgustda Ashxobodda tugʻilgan. 2001-yilda Ashxobod shaharidagi 1-sonli o‘rta maktabni tamomlagan. 2002—2004-yillarda Turkmaniston Mudofaa vazirligi sport kompaniyasida xizmat qilgan. Uylangan, bir qizi, bir o‘g‘li bor.
Faoliyati
2004-yilda Turkmanistonning „MTTU“ jamoasi bilan professional futbolchilik faoliyatini boshlagan. 2005-yil Yokari liganing yetakchi jamoalaridan biri „Niso“ klubi tarafidan ijaraga olindi. 2006-yil Toshmurod Ogʻamurodov boshchiligidagi „Paxtakor“ jamoasida ham maʼlum vaqt davomida toʻp surdi.
2009 va 2012-yillarda Oʻzbekiston Oliy ligasining boshqa bir jamoasi „Navbahor“ klubida oʻynagan.
2015-yildan Turkmanboshi shahrining „Shagadam“ futbolchisiga aylandi. 2018-yil „Ahal“ jamoasi safida faoliyatini yakunladi
Milliy terma jamoa
Belix Turkmaniston terma jamoasi safida 2008-yilda debyut qilgan. 2010-yili Guanchjouda bo‘lib o‘tgan Osiyo o‘yinlarida Turkmaniston olimpiya terma jamoasi safida to‘p surgan.
Murabbiylik faoliyati
2018-yilda futbolchilik faoliyatini yakunlagach, Belix „Ahal“ murabbiylar shtabiga yordamchi murabbiy sifatida qo‘shildi va murabbiylik sir asrorlarini oʻrganishni boshladi.
2019—2020-yillarda Turkmaniston terma jamoasi bosh murabbiyi, xorvatiyalik mutaxassis Ante Mishening yordamchisi boʻlib ishlagan.
2020-yilda Oʻzbekistonning „Qizilqum“ futbol klubida bosh murabbiy Toshmurod Ogʻamurodovning murabbiy yordamchisi vazifasida ishlagan.
2022-yilda Qirgʻizistonning „Kaganat“ jamoasi murabbiylar shtabida faoliyat olib bormoqda.
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org