Maksim Agapov
Maksim Agapov (ruscha: Агапов, Максим Павлович; 1988-yil 20-mart, Bishkek) – qirgʻizistonlik futbolchi, Urganchning „Xorazm“, Bishkekning „Dordoy“ va „Alga“ jamoalarida toʻp tepgan. Maksim darvozabon pozitsiyasida oʻynagan.
Faoliyati
2010-yilda „Neftchi“ (Qoʻchqor-Ota) jamoasiga oʻtib, oʻsha mavsumda chempion va kubok sohibi boʻldi. 2011-yilda esa kumush medal sohibi boʻldi. Neftchi jamoasi tarkibida OFK Prezidenti kubogi bahslarida qatnashgan.
2012-yilda u Oʻzbekiston Birinchi ligasi ishtirokchisi „Xorazm“ jamoasi tarkibida boʻlgan, keyinchalik „Dordoy“ va „Alga“ jamoalarida oʻynagan. Qirgʻiziston jamoalari tarkibida Osiyo klublari turnirlarida toʻp surgan. 2014-yilgi mavsumni „Alga“ tarkibida boshlagan, biroq yozda „Dordoy“ jamoasiga qaytgan. 2014-yilda Qirgʻiziston chempioni boʻlgan. 2015-yilgi mavsum yakunida u professional faoliyatini yakunladi.
Klub
2013-yil Urganchning "Xorazm jamoasidan Bishkekning „Dordoy“ jamoasiga oʻtdi.
Terma jamoadagi faoliyati
Futbol boʻyicha Qirgʻiziston milliy terma jamoasining sobiq aʼzosi.
Faoliyat statistikasi
Xalqaro
2013-yil 21-mart oʻtkazilgan oʻyindagi aniq statistika
Yutuqlar
Individual
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org