Maks Penson
Maks Penson (1883, Velij qishlogʻi, Smolensk yaqinida — 1959, Toshkent) — fotograf, Oʻzbekistonda foto sanʼati asoschilaridan. 1915-yil Turkistonga kelgan. Qoʻqondagi hunar maktablarida rassomlik sanʼati va chizmachilikdan dars bergan, keyinchalik fotografiya bilan shugʻullangan.
1921-yildan „Pravda Vostoka“ gazetasida fotomuxbir. Penson Oʻzbekistonning fotoyilnomasini yaratishga hissa qoʻshgan. „Oʻzbek madonnasi“, „Oʻgʻil savod chiqardi“ va boshqa fotosuratlari haqiqiy fotosanʼati asaridir. Penson respublika va xorijiy foto koʻrgazmalari ishtirokchisi. Uning foto suratlari respublika va xorijiy nashrlarda chop etilgan. Pensonning oʻgʻillari Miron Maksiyevich (1928.15.3) va Zahar Maksimovich (1930.6.12), qizi Dina Maksimovna (1932.23.5) ham moxir fotograflardir.
Kelib chiqishi yahudiy boʻlgan Penson 1959-yil Sovet Ittifoqida avj ola boshlagan antisemitizm tufayli oʻz joniga qasd qilgan.
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org