Makroniylar
Makraniylar (inglizcha: Makrani, hindcha: मकरानी) — balujalar tarkibidagi etnik guruh, Pokistonning Makran sohilida (Sind viloyati) va Karachida ixchamgina tarzda yashaydi. Kelib chiqishi qisman Sharqiy Afrikaga borib taqaladi. Eronning tub aholisi — balujalarning arab qul savdogarlari tomonidan XIX asrgacha bir necha asrlar davomida Sharqiy Afrikadan olib kelingan qullar bilan aralashishi natijasida vujudga kelgan. Makraniylar baluji tilining makran lahjasida soʻzlashadi, unda afrikacha soʻzlar mavjud. Pokistonda Makran lahjasida soʻzlashuvchilar soni 82 000 ga yaqin va Gujarotda (Hindiston) 28 000 ga yaqin. Jami 110 000 ga yaqin kishi (2020-yil holatiga koʻra) makraniylkardir.
Tavsifi
Makraniylar janubiy Pokiston va Hindistonning janubi-gʻarbiy qismida yashovchi, shuningdek, kelib chiqishi sharqiy afrikaliklarga borib taqaluvchi siddi etnik guruhiga qondosh hisoblanadi. Makraniylarning asosiy mashgʻulotlari baliqchilik, dehqonchilik (xurmo, kokos, banan, don ekinlari yetishtirish) bilan shugʻullanadi, Karachi portida port ishchilari sifatida ishlaydi. Makraniylarning urf-odatlari balujilarnikiga oʻxshaydi, lekin ular ham baʼzi afrikacha musiqiy odatlarni saqlab qolgan
Irsiyati
2017-yilda oʻtkazilgan genetik tadqiqotlar makraniylarda (Sahroi Kabirdan janubdagi Afrikaning negroid aholisi) afrikaliklar irsiy (genetik) hissasi mavjudligini koʻrsatdi: taxminan 12 % (± 7 %) Y-xromosomali gaplogruplar uchun va 40 % (± 9 mtDNK uchun %).
DNK ketma-ketligining afrikacha namunasi tufayli makraniylar bezgakka qarshi chidamlidir
Manbalar
uz.wikipedia.org