Makromolekula
Makromolekula (makro... va molekula) — oʻzaro kovalent bogʻlar orqali birikkan oʻn mingdan yuz minggacha atomlardan tuzilgan yirik molekula. M. zanjirida elementar zveno (maʼlum sondagi atomlar guruhi) juda koʻp marta takrorlanadi, shuning uchun ham uni kup sonli bir xil yoki har xil kichik molekulalardan (bir necha minggacha) hosil boʻladigan molekula deb kabul kilsa boʻladi, polivinil xlorid molekulasi tarkibidagi — SN2—SN— guruhi soni hatto 3000 ga yetishi mumkin. Kimyoviy tarkibi bir xil, ammo mol. m. har xil, yaxlit boʻlib reaksiyaga kirishadigan M.lar yigʻindisidan tashkil topgan moddalarga yuqori molekulali birikmalar (polimerlar) deyiladi; ular tabiiy (polisaharidlar, polipeptidlar, tabiiy kauchuk) va sintetik (plastmassalar, elastomerlar, kimyoviy tolalar) turlarga boʻlinadi. Tashqi sharoit oʻzgarganda, polimerlar tarkibidagi molekulyar zanjirlarning oʻz konfiguratsiyalarini oʻzgartira olishi M.larning asosiy xossalaridan biri hisoblanadi. Shu jihatdan qaraganda barcha M.lar chiziqli (uzunchoq) egiluvchan (tabiiy kauchuk, kauchuksimon sintetik moddalar M.lari), chiziqli qattiq (sellyuloza M.lari), spiralsimon (oqsillar, nuklein kislotalar makromolekulalari), tarmoqlangan (polisaharidlar makromolekulalari), fazoviy (uch oʻlchamli) turlarga boʻlinadi. M.ning uz. 4000— 8000 A, koʻndalang kesimi 3—7,5 A. Karbozanjirli (zanjiri faqat uglerod atomlaridan tuzilgan) va geterozanjirli (zanjirida uglerod atomlaridan tashqari azot, kislorod, oltingugurt atomlari saqlagan) M. boʻladi. Zanjirning tuzilishi, kattaligi (mol. m.) va zvenolarining joylanish tartibi, uning xossalariga (egiluvchanligi, bogʻlarining mustahkamligi, elektr oʻtkazuvchanligi, kimyoviy reaksiyaga kirishiga) taʼsir koʻrsatadi. M.larning bu xossalaridan ular asosida plastmassa, sintetik kauchuk, sunʼiy tola kabi materiallar olishda foydalaniladi.
Manbalar
uz.wikipedia.org
Sun'iy intellekt javobi:
Makromolekula — bu juda katta molekulalardir, ular ko‘pincha minglab yoki undan ko‘p atomlardan tashkil topgan. Makromolekulalar tabiiy yoki sun’iy bo‘lishi mumkin va ular ko‘plab murakkab biologik va kimyoviy funksiyalarni bajaradi.
Makromolekulalarga quyidagilar kiradi:
-
Polimerlar: Bu ko‘p takrorlanuvchi birliklardan (monomerlar) tashkil topgan moddalardir. Masalan, plastiklar va ba’zi tabiiy materiallar polimer hisoblanadi.
-
Biologik makromolekulalar:
- Protenlar (oqsillar): Aminokislotalarning polimerlari bo‘lib, hujayralar uchun asosiy strukturaviy va funksional molekulalar hisoblanadi. Oqsillar fermentlar, transport oqsillari, hujayra tuzilishining asosiy qismi va boshqalar sifatida faoliyat yuritadi.
- Nuklein kislotalari: DNK (dezoksiribonuklein kislota) va RNK (ribonuklein kislota) genetik ma’lumotni saqlaydi va uzatadi.
- Polisaxaridlar: Ular karbonhidratlarning polimerlari bo‘lib, masalan, kraxmal va selllyuloza o‘simliklarda energiya zaxirasi va strukturaviy material hisoblanadi.
Makromolekulalarning umumiy xususiyatlari:
- Katta o‘lchamli va murakkab tuzilishga ega.
- Kimyoviy ravishda ko‘p monomerlarning birikmasidan hosil bo‘ladi.
- Biologiyada asosiy qurilish bloklari sifatida xizmat qiladi.
- Ular o‘zaro guruhlanishlari va shakllanishlari orqali maxsus funksiyalarni bajaradi.
Makromolekulalarni o‘rganish makrobiologiya, biokimyo va materialshunoslik kabi fan sohalarida juda muhimdir, chunki ular hayotiy jarayonlarning asosi hisoblanadi va yangi materiallar yaratishda ham keng qo‘llaniladi.