Makroglossiya
Makroglossiya – bu tilning odatdagidan koʻra kattalashib ketish holati hisoblanadi. Tilning bu kabi kattalashuvi gapirish, ovqatlanish, yutinish va uxlashda qiyinchiliklarni yuzaga keltiradi, bundan tashqari, tilning kattalashib ogʻiz boʻshligʻidan chiqib qolishi bemorlar uchun kosmetik nuqsonni ham hosil qiladi. Makroglossiya(glossomegaliya deb ham ataladi) bu holat kam uchraydi, asosan, bolalar orasida kuzatiladi. Makroglossiyani keltirib chiqaruvchi sabablari koʻp boʻlib, davolash choralari ham shu sabablarga koʻra amalga oshiriladi.
Belgi va simptomlari
Til kattalashuvining simptomatik va asimptomatik formalari mavjud boʻlib, asimptomatik formasida hech qanday sezilarli belgilar boʻlmaydi. Simptomatik shakli quyidagi belgilar bilan namoyon boʻlishi mumkin:
Tilning kattalashuvi uning ogʻizdan chiqib turishiga sabab boʻladi, ochiq muhit tilning qurishi, yaralarning paydo boʻlishi, infeksiyalanishi va ogʻir holatlarda nekroz jarayoniga sabab boʻlishi mumkin.
Keltirib chiqaruvchi sabablari
Makroglossiya turli xil tugʻma va orttirilgan kasalliklar sababli rivojalanishi mumkin. Til kattalashuvining eng keng tarqalgan sabablari qon tomir nuqsonlari (masalan, limfangioma yoki gemangioma) va til muskullari gipertrofiyasi (masalan, Beckwith-Wiedemann sindromi yoki yarimgiperplaziya). Limfangioma tufayli kattalashgan tilda bir nechta yuzaki kengaygan limfa kanallari va tugunlar sababli kattalashuv yuzaga keladi. Tishsiz odamlarda tishlarning yoʻqligi sababli tilning ikki cheti kattalashuvini koʻrish mumkin, bu esa protez qoʻydirish uchun qiyinchilikni hosil qiladi va bu holatda koʻpincha psevdomakroglossiya rivojlanadi.
Tashxislash
Odatda makroglossiyaga klinik tashxis qoʻyiladi. Tungi obstruktiv apnoeni tekshirish uchun instrumental tekshiruvdan foydalaniladi. Makroglossiyani erta bosqichlashda tashxislash uchun abdominal sohada ultratovush tekshiruvlari oʻtkazilishi mumkin, Beckwith–Wiedemann sindromini tashxislash molekulyar darajadagi tekshiruvlarni talab qiladi.
Davolash usullari
Makroglossiyani davolash va pragnozlash uni keltirib chiqaruvchi kasallikning turiga va kechishiga bogʻliq, chunki makroglossiya mustaqil kasallik emas balki boshqa bir mustaqil kasallikning simptomlaridan biri sifatida rivojlanadi. Agar kasallik erta bosqichda aniqlansa terapevtik davo bilan makroglossiyani davolash mumkin. Yengil holatlarda nutq terapiyasining oʻzi bilan kerakli natijaga erishish mumkin boʻlsa, oʻgir holatlarda jarrohlik aralashuvi talab etiladi, bunda tilning bir qismi olib tashlanadi va bu jarayon glossoektomiya deb ataladi. Davolash rejasi oʻz ichiga ortodontik korreksiyalashni ham olishi mumkin chunki kattalashgan til ogʻiz boʻshligʻida joylashgan boshqa azolar (tishlar, jagʻ suyagi)ni ham zararlaydi.
Epidemiologiyasi
Makroglossiya kam tarqalgan kasallik, va asosan yosh bolalar orasida uchraydi. Makroglossiyali bemorlarning orasida oʻtkazilgan soʻrovnoma natijalariga koʻra ularning 6% da bunday holat bilan ajdodlari ham kasallangani aniqlandi. The National Organization of Rare Disorders[1] (NORD) tashkilotining bergan statistik maʼlumotlariga koʻra AQSH da har 200.000 chaqaloqdan 1 nafari makroglossiyadan aziyat chekadi.
Manbalar
uz.wikipedia.org