Mak-Magon Mari Edm Patris Moris




MAK-MAGON (Mac-Mahon) Mari Edm Patris Moris (1808.13.6, Syulli, Sona va Luara departamenti — 1893.17.10, La-Fore, Luara departamenti) — Fransiya marshali, gersog , Fransiya Prezidenti (1873—79). M.-M. Qrim urushi (1853—56) qatnashchisi; Avstriya-Italiya-Fransiya urushi (1859) da Majent shahri boʻsagasidagi galaba uchun gersog va marshal unvonini olgan. 1864—70 yillarda Jazoir general-gubernatori. Fransiya-Prussiya urushi (1870—71)da Sedan shahri yonida maglubiyatga uchragan armiyani boshqargan; Parij kommunasini bostirgan versalchilar qoʻshiniga qoʻmondonlik qilgan (1871). Maglubiyatga uchragan monarxik toʻntarishni tayyorlashda qatnashgach, isteʼfoga chiqqan (1879).

Manbalar






uz.wikipedia.org

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz