Makkiy al-Bardaʼiy
(Abu Bakr) Makkiy ibn Ahmad ibn Saʼdaviya al-Bardaʼiy (hijriy 354-yil (milodiy 965-yil)da Shoshda vafot etgan) Samarqandda hadis aytgan va u yerdagi imlo majlisiga rahbarlik qilgan. 330-hijriy yilda Nishopurga kelgan va shu yerda yashagan. Keyinchalik 350-yilda Movarounnahr sari yo‘lga otlangan va hadis izlab yurtma-yurt kezgan mashhur ulamolarning biri. Xurosonda inson aqli bovar qilmaydigan darajada ko‘p hadis yozib olgan. U ulamolardan, undan esa ulamolar hadis rivoyat qilganlar.
Manbalar
uz.wikipedia.org