Makeba




Makeba “ qoʻshigʻi fransuz qoʻshiqchisi va qoʻshiq muallifi Jainning Zanaka (2015) debyut studiyaviy albomida 2015-yil 6-noyabrda chiqarilgan. Jain tomonidan yozilgan bu qoʻshiqqa uning uzoq yillik hamkori Maksim Nucci prodyuserlik qildi. Qoʻshiq naqarotida amerikalik aranjirovkachi va prodyuser Hamilton Bohannonning 1978-yildagi „Me and the Gang“ qoʻshigʻidan namuna sifatida ishlatilgan. Qoʻshiq Fransiya Singles Chartda yettinchi oʻrinni egalladi.

Qoʻshiq janubiy afrikalik qoʻshiqchi va aktivist „Mama Africa“ (tarjimada: Ona Afrika) nomi bilan ham tanilgan Miriam Makebaga bagʻishlanadi.

2023-yil iyun oyida „Makeba“ TikTokda tarqalishi bilan yana qayta mashhurlikka erishdi. Qoʻshiq Marshalls va Levi’s reklamalarida ishlatilgan.

Avstraliyaning "I’m celebrity". . . Get me out of here! realiti-shousida qoʻshiqdan intro sifatida foydalaniladi.

Musiqiy klip



„Makeba“ qoʻshigʻiga ishlangan uch daqiqa qirq uch soniyali videoklip 2015-yilning noyabr oyida Jainning YouTubeʼdagi rasmiy kanalida chiqdi.

Janubiy Afrikada suratga olingan ushbu musiqiy klip Grammy mukofotiga nomzod boʻlgan.

Grafikalar




Manbalar




uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz