Major




Major (lot. major — katta) — 1) kup ovozli kompozitorlik musiqa ijodida asosiy garmonik ladlardan biri (aksi —minor). Yevropa musiqasida 16—17-asrlardan rivoj topdi. Uning tayanch tovushlari (I, III va V pogʻonalari) katta 3 tovushli akkordnn hosil qiladi. M. tizimida bastalangan asarlarga koʻproq yorqinlik, koʻtarinkilik ruhi, "ijobiy" his-tuygʻular xosdir. M. va minor orasidagi qarama-qarshilik musiqa sanʼatining nihoyatda muhim ifoda vositalaridan; 2) keng maʼnoda — lad turi; bosh tayanch pardaga nisbatan katta tersiya intervent oraligʻida joylashgan 3- pogʻona bilan belgilanadi. Shu maʼnoda ioniy, lidiy, miksolidiy kabi tovushqator M. xususiyatiga ega. Oʻzbek anʼanaviy musiqasida, ayniqsa, miksolidiy M. koʻproq uchraydi.

Manbalar






uz.wikipedia.org

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz