Majid Sharif
Majid Sharif — Erondagi zanjirli qotillik qurbonlaridan biri boʻlgan tarjimon va jurnalist edi. U 1951-yil tugʻilgan. Majid Sharif marhum islomchi modernist Ali Shariatiyning izdoshlaridan edi. Uning Iran-e Farda (Ertangi Eron) jurnalida chiqqan Eron hukumatini tanqid qilib yozilgan maqolalari 1998-yil 5-dekabrda sud qarori bilan yopilgan edi.
Ilmiy faoliyati
Majid Sharif Erondagi texnologiya universitetini tamomlagan. U Eronga kelishidan avval Kaliforniya universitetining fizika yoʻnalishi talabasi edi.
Oʻlimi
Majid Sharif 1998-yil noyabr oyida yugurish uchun uydan chiqib ketadi va qaytib kelmaydi. 1998-yil 19-noyabrda u Tehronda yoʻl chetidan topilgan va onasi uni 1998-yil 25-noyabrda oʻlikxonadan topadi. Majid Sharif oʻlimining rasmiy sababi yurak yetishmovchiligi deb keltiriladi.
Manbalar
Adabiyotlar
uz.wikipedia.org