Mahmudtogʻ




Mahmudtogʻ  — Samarqand viloyatidagi togʻ. Zirabuloq togʻlari tarkibiga kiradi. Uz. 10 km, eni 4 km. Eng baland joyi 962 m. Janubi-sharqdan shimoli-gʻarbga yoʻnalgan. Yon bagʻirlari keskin koʻtarilgan. Suvayirgʻich qismi yassiroq, kam parchalangan. Togʻlar asosini yuqori paleozoy davrining metamorflashgan ohaktosh, slanets va intruziv granitlari tashkil etadi. Yon bagʻirlari kuchli parchalangan, ayniksa, slanets va ohaktoshlar kuchli nurashi natijasida quruq soylar paydo boʻlgan. Oddiy boʻz tuproklarda efemerlardan kattabosh, yettiboʻgʻin, rang, qoʻngarbosh, shuningdek, kaklikoʻt, mayda tikanli bodom va boshqa oʻsadi. Mahmudtogʻdan yaylov sifatida foydalaniladi (mahsuldorligi gektarga 1—2 s).

Manbalar





uz.wikipedia.org

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz