MAHMUDOVA ANOR MADAMINOVNA



MAHMUDOVA ANOR MADAMINOVNA (1942.2.5, Gurlan tumani) — ilg’or o’qituvchi, O’zbekiston qahramoni (2004). Xorazm pedagogika institutini tugagan (1964). 1964 yildan Gurlan tumanilagi 1-maktabda matematika o’qituvchisi, 1972 yildan 35-hunar bilim yurti direktori, 1984 yildan Gurlan shahri xalq ta’limi bo’limi mudiri. 1986 yildan Gurlan tumanidagi 5-maktab direktori. Mahmudova xalq ta’limi sohasida muhim va dolzarb masadalarni mustaqil hal etishga layoqatli rahbar sifatida tanilgan. Keyingi yillarda maktabda matematika, fizika, ona tili fanlari bo’yicha tajriba-sinov ishlari olib borildi, maxsus sinflar soni oshdi. Maktabda Mahmudova rahbarligida byudjetdan tashqari mablag topish, marketing xizmati namunali yo’lga qo’yilgan. “Mehnat shuhrati” ordeni bilan mukofotlangan (1999).

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz