Mahmudjon Rasulov




Mahmudjon Muminovich Rasulov (1950-yil 26-fevral, Toshkent, Oʻzbekiston SSR, SSSR) — sovet va oʻzbek davlat va siyosat arbobi, Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasi (XDP) Markaziy Kengashining birinchi kotibi (1991 — 1994-yillarda),  Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi deputati (1991 — 1994-yillarda).

Biografiya



Rasulov Mahmudjon Muminovich o‘zining mehnat faoliyati davomida 1985 — 1989-yillarda O‘zbekiston SSR Kompartiyasi Namangan viloyat qo‘mitasi kotibi, 1989 — 1990-yillarda Sovet Ittifoqi Kommunistik partiyasi Markaziy Komiteti (KPSS) instruktori, 1990-1991-yillarda O‘zbekiston SSR Kompartiyasi Namangan viloyat qo‘mitasining ikkinchi kotibi lavozimlarida ishlagan.

1990-yilda Oʻzbekiston SSR Oliy Sovetining oxirgi XII chaqiriq Kengashida deputat etib saylangan, 1991 — 1994-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi deputati sifatida tayinlangan;

1991 — 1994-yillarda O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi (XDP) Markaziy Kengashi birinchi kotibi (partiya yetakchisi) hamda O‘zbekiston Kommunistik partiyasining amalda davomchisi bo‘lgan.

1994 — 1998-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devonining yetakchi maslahatchisi, tashkiliy va kadrlar siyosati bo‘yicha bosh maslahatchisi;

1998 — 2005 yillarda — O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi Kengashi raisining birinchi o‘rinbosari lavozimida xizmat qilgan.

Yana qarang




Manbalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz