Mahmud Yalavoch
Mahmud Yalavoch , Mahmud Xorazmiy (?— 1254, Pekin) — Chingizxon xizmatida boʻlgan turkiylarning yalavoch urugʻiga mansub xorazmlik savdogar.
Chingizxon tomonidan Muhammad Xorazmshoh huzuriga elchi boʻlib kelganligi uchun yalavoch (elchi) laqabi bilan mashhur. Mahmud Yalavoch qoraxitoylar xizmatida ham boʻlgan (1211). Chingizxon savdo-sotiqqa katta eʼtibor berib, karvon yoʻllarining bexatarligini taʼminlash bilan birga musulmon savdogarlariga hurmati baland boʻlgan. Shu tufayli Moʻgʻulistonga kelib savdo qilganlar orasida Buxoro, Samarqand, Oʻtror, Xoʻjand kabi shaharlardan kelganlar koʻpchilikni tashkil qilgan.
Ular orasida Mahmud ham boʻlgan. 1218-yil bahorida Chingizxon uni buxorolik Alixoʻja (Ali xochje), oʻtrorlik Yusuf Jahongir (Yusufu-Jyanke) hamroxligida Muhammad Xorazmshoh saroyiga elchi (yalavoch) qilib yuborgan. Safar oldidan Chingizxon ularga katta miqdorda sovgʻasalomlar va oʻz maktubini topshiradi. Maktubda Chingizxon Xorazmshohni "oʻgʻlimdek yaxshi koʻraman" deb taʼkidlab uni itoatga chaqirgan. Mahmud Yalavoch boshchiligidagi elchilar Buxoroda Muhammad Xorazmshoh bilan uchrashib, unga Chingizxonning sovgʻalar va maktubini topshirganlar. Xorazmshoh mak-tubni oʻqigach, bironta soʻz aytmay, kelgan elchilarni kuzatib qoʻyishni buyurgan.
Moʻgʻullar istilosidan soʻng Mahmud Yalavoch Xoʻjandga koʻchib kelib, bir necha vaqt Chingizxon nomidan Movarounnaxrni idora qilgan, viloyatlarni boshqarishda bosqoqpshk mansabini joriy etgan. Shunga kura, u yigʻilgan soliqlarni Chigʻatoyxoyaga emas, balki toʻgʻridan toʻgʻri Chingizxon saroyiga yuborib turgan. Bu hol Chigʻatoyga yoqmas edi, chunki otasi unga suyurgʻol qilib bergan hududga M. Ya. hokimlik qilgan joylar ham kirar edi. Bundan tashqari, Chigʻatoy budda diniga eʼtiqod qilgani tufayli M.Ya.ning islom diniga qattiq amal qilib, buzil gan shahar va uy-joylarni, iqtisodiy va madaniy hayotni tiklashiga, maktab va madrasalar qurilishiga katta eʼtibor berishiga qarshi boʻlgan.
Shu tufayli Chigʻatoy Mahmud Yalavochdan qutulish yoʻlini axtarib, fursat poylagan. 1227-yil Mahmud Yalavochni qoʻllab-quvvatlab turgan Chingizxon vafot etgan. 1238-yil Buxoroda Mahmud Torobiy qoʻzgʻoloni boʻlgan. Chigʻatoy qoʻzgʻolonda Mahmud Yalavochni aybdor deb topib, uni javobgarlikka tortish uchun Xitoyga joʻnatgan.
Xitoy manbalarida Mahmud Yalavochni Torobiy qoʻzgʻolonining sababchisi sifatida javobgarlikka tortilgani yoki tortilmagani haqida maʼlumot yoʻq. Yuan sulolasi tarixida koʻrsatilishicha, Oʻqtoyxon hukmronligining soʻnggi yili, yaʼni 1241-yil 10-oyida M. Ya.ga Xitoy aholisining maʼmuriy ishlarini boshqarish vazifasi yuklatilgan. Guyukxon (1246—48) va Munke (1251 — 59) davrida ham Mahmud Yalavoch yuqori lavozimni saqlab qolgan. Xususan, 1251-yil u Pekin shahriga hokim etib tayinlangan. Xitoy manbalarida M. Ya. Gʻarbiy oʻlkalar (Oʻrta Osiyo va Sharqiy Turki-ston)ni boshqaruvchi bosh nozir sifatida eslatib oʻtilgan. Mahmud Yalavoch Pekinga qisqa muddat hokimlik qilgan boʻlsada, shahar qurilishi va obodonchiligi yoʻlida katta ishlarni amalga oshirgan va unga koʻplab turkistonliklarni jalb qilgan.
Mahmud Yalavochning kichik oʻgʻli Alibek (? — 1281) Sharqiy Turkistonning Ili viloyati hokimi etib tayinlangan. Xubilay moʻgʻullar ulugʻ qooni etib tayinlanganda (1260) u markaziy oʻrdaga chaqirtirilib, davlat ishlariga jalb etilgan. 1267-yil — maslahatchi, 1272-yil oʻng qoʻl vazir etib tayinlangan. Shunda unga Xenan oʻlkasining maʼmuriy ishlar boshligʻi vazifasi topshirilgan. 1276-yil u Jyangxuey oʻlkalari hokimi etib tayinlangan. Biroq 1281-yil boshida Alibek tuhmat balosiga uchrab, xoqon amriga xiyonat qilganlikda ay-blanib qatl etilgan.
Adabiyot
Manbalar
uz.wikipedia.org
Sun'iy intellekt javobi:
Mahmud Yalavoch — XII asrda yashagan o‘zbekistonlik mashhur davlat arbobi va olimi, buyuk hukmdor Amir Temur davrida faoliyat yuritgan tarixiy shaxs hisoblanadi. U o‘z davrida adolatli va dono davlat vakili sifatida tanilgan. Mahmud Yalavoch Amir Temur tomonidan davlat boshqaruvida muhim vazifalarga tayinlangan, ayniqsa ma'muriy ishlar va tashkiliy masalalarda katta yutuqlarga erishgan.
Mahmud Yalavoch shuningdek, tarix ilmi va adabiyotiga ham katta qiziqish bildirgan, uning nomi bilan bog‘liq bir qancha tarixiy manbalar va asarlar mavjud. U o‘z zamonasining madaniy va ilmiy hayotida faol ishtirok etgan, ilm-fanni rivojlantirishga katta hissa qo‘shgan shaxs sifatida qadrlanadi.
Mahmud Yalavochning faoliyati va uning davlat boshqaruvidagi roli haqida ma'lumotlar ko‘plab tarixiy manbalarda uchraydi. U o‘zining adolatli boshqaruvi, dono maslahatlari va halol xizmatlari bilan hukmdor Amir Temurning ishonchini qozongan. Shuningdek, uning nomi bilan bog‘liq bo‘lgan tarixiy voqealar va uning davlatni boshqarishdagi modeli o‘rganilib, zamonaviy siyosatshunoslik va tarix fanlarida tadqiq qilinmoqda.
Umuman olganda, Mahmud Yalavoch o‘rta asr Markaziy Osiyo tarixida muhim o‘rin tutgan davlat arbobi sifatida e’tiborga sazovor shaxsdir. Uning hayoti va faoliyati o‘rganilishi tarixiy merosimizni yanada boyitadi hamda o‘tmishdagi davlat boshqaruvi tajribalarini anglashga yordam beradi.