Mahmud Rahimov (futbolchi)




Mahmud Rahimov (1955- yil 1-iyun, Oʻzbekiston SSR, SSSR — 1999-yil 24-dekabr, Samarqand, Oʻzbekiston) — sovet va oʻzbek futbolchisi va murabbiyi.

Tarjimai hol va faoliyati



Toshkent davlat jismoniy tarbiya institutida tahsil olgan. SSSR chempionatining ikkinchi ligasida ishtirok etuvchi jamoalar safida oʻynagan.

1995 -yilda Toshkent viloyatining “Doʻstlik” jamoasiga rahbar etib tayinlangan boʻlsa, oradan bir yillar oʻtib klub bosh murabbiyi boʻlgan.

1999-yili Samarqandning „Dinamo“ jamoasiga bosh murabbiy etib tayinlangan va oʻsha yili Oʻzbekiston terma jamoasini boshqargan. Uning rahbarligida Oʻzbekiston terma jamoasi oʻsha yillarda BAA termasini ortda qoldirib Osiyo Kubogi-2000 saralash bosqichida muvaffaqiyatli ishtirok etgan.

Osiyo Kubogi-2000 saralash bosqichida muvaffaqiyatli ishtirok etgan. Rahimov vafotidan soʻng Oʻzbekiston milliy terma jamoasini Yuriy Sarkisyan boshqargan. Sarkasyan boshchiligida Oʻzbekiston terma jamoasi 2000-yilgi Osiyo Kubogida muvaffaqiyatsizlikka uchragan va oʻz guruhida soʻnggi oʻrinni egallagan.

Vafotidan soʻng Rahimov 1999-yilda “Osiyoning eng yaxshi murabbiyi” deb tan olingan. Toshkent viloyatida har yili yosh futbolchilar oʻrtasida Mahmud Rahimov xotirasiga bagʻishlangan turnir oʻtkazib kelinmoqda.

Yutuqlari




Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz