Mahmud Ibrohimov




Mahmud Ibrohimov  – fotomuxbir, Jurnalistlar uyushmasi a’zosi. U 1936-yilda Janubiy Qozog'iston viloyati Sayram tumanida tugʻilgan.

Faoliyati



1954-yilda oʻrta maktabni tugatib, 1960-yilgacha turli sohalarda, foto toʻgaragi rahbari, pioner-vojatiy, boshlangʻich komsomol tashkilotining kotibi boʻlib ishlagan. 1960-yildan rayonlararo „Hosil uchun“ roʻznomasida adabiy xodim, 1963-yildan „Uchqun“ roʻznomasida fotomuxbir, 1966-yildan 1991-yilgacha „Mushtum“ jurnalida adabiy xodim, mas’ul kotib boʻlib faoliyat koʻrsatgan. 1991-yil avgustidan Oʻzbekiston Xalq taʼlimi vazirligining „Boshlangʻich taʼlim“ jurnalida bosh muharrir oʻrinbosari va mas’ul kotib lavozimlarida ishlagan.

U 1960-yildan Jurnalistlar uyushmasi a’zosi boʻlgan. Asosan felyeton janrida qalam tebratgan. „Dod xotinning dastidan“ kitobi bosilib chiqqan.

Manbalar




uz.wikipedia.org

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz