Mahmud ibn Isʼhoq Shahobiy




Mahmud ibn Isʼhoq Shahobiy (16-asr) – Alisher Navoiy asarlarini koʻchirgan xattotlardan biri. Buxoro xattotlik maktabi namoyandalaridan. Asli hirotlik boʻlib, taniqli xattot Mirali Hiraviy (1544-yil Buxoroda vafot etgan) qoʻlida tahsil olgan. Shayboniylardan Ubaydullaxon 16-asrning ikkinchi yarmida Hirotdan bir guruh hunarmand va olimlarni Buxoroga olib keladi. Mahmud ibn Isʼhoq Shahobiy ham shular qatorida Buxoroga keladi. U xatni nozik va chiroyli bitgani uchun unga “Anbarin zarrinqalam” unvoni berilgan. Bu xattot Navoiyning “Majolis un-nafois” asarini 1588-yilda Buxoroda kitobat qilgan. Qoʻlyozma Toshkentda saqlanadi (ToshDSHI SHQM, 3-fond, inv. raqami raqami 429). Hajmi 85 varaq. Kotib qoʻlyozma soʻngida “Mahmud anbarin zarrinqalam” deb imzo qoʻygan.

Manbalar




uz.wikipedia.org

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz