Mahmud ibn Dovud
Mahmud ibn Dovud (16-asr) – Alisher Navoiy asarlarini koʻchirgan xattotlardan biri. Alisher Navoiyning
“Majolis un-nafois”, “Mahbub ul-qulub”, “Arbain” va
“Xamsat ul-mutahayyirin” dan iborat toʻplamini 1559–60-yillarda Misrda kitobat qilgan. Qoʻlyozma Toshkentda saqlanadi (ToshDSHI SHQM, 1-fond, inv. raqami 9762). Hajmi 118 varaqdan iborat boʻlib, nastaʼliq xatida koʻchirilgan.
Manbalar
uz.wikipedia.org