Mahmud Hakim Yayfoniy




Mahmud hakim yayfoniy (1850—1930) — tarixchi, tabib, adib. Unga qoʻqonlik tabib Boqiyxon ustozlik qilgan. Hakimiy taxallusi bilan sheʼrlar yozgan. "Devoni Hakimiy" nomli gʻazallar devoni, "Tariq ul-iloj" ("Davolash usuli"), "Abu Ali ibn Sino qissasi", "Maʼdan ul-adviya" ("Doridarmonlar manbai"), "Qonun ul-iloj" ("Davolash qonuni"), "Mujarraboti Mahmudiy" ("Mahmud tajribalari"), "Xullas uttavorix" ("Tarixlar sarasi") kabi asarlar muallifi.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz