Mahmud Gaipov




Mahmud Bahodirovich Gaipov (tugʻ. 1996- yil 21-oktabr, Termiz shahrida) — oʻzbek bokschisi. 69 kg vazn toifasida ikki karra Oʻzbekiston chempioni boʻlgan (2014, 2017). Oʻzbekiston Respublikasi xalqaro sport ustasi.

Biografiya



Mahmud 1996-yil 21-oktyabrda Oʻzbekistonning Termiz shahrida tugʻilgan.

Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida tahsil oladi.

Toʻlqin Qilichev va Rustam Saidov qoʻl ostida mashgʻulotlar olib boradi.

Havaskor faoliyati



Gaipov 69 kg vazn toifasida ikki marta — 2014 va 2017 yillarda Oʻzbekiston chempioni boʻlgan.

Shuningdek, 2015-yilda bronza, 2016-yilda esa Oʻzbekiston chempionati kumush medali sovrindori boʻlgan.

2014-yilda Bangkokda boʻlib oʻtgan yoshlar oʻrtasidagi Osiyo chempionatida (ASBC) kumush medalni qoʻlga kiritdi.

2014-yil Sofiyada boʻlib oʻtgan yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionati ishtirokchisi.

2016—2018-yillarda „Uzbek Tigers“ yarim professional boks klubi tarkibida Butunjahon boks seriyasi turnirlarida ishtirok etgan..

2017-yilgi Islom birdamlik oʻyinlari ishtirokchisi boʻlgan.

Shuningdek, Gaipov boks boʻyicha bir qator respublika va xalqaro turnirlar gʻolibi va medal sovrindori boʻlgan.

Professional martaba



2018-yil avgust oyida Gaipov professional faoliyatini boshladi.

Uning professional debyuti 2018-yilning 10-noyabrida Yekaterinburgda boʻlib oʻtgan va gʻalaba bilan yakunlangan.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz