Mahmud Etemadzoda




Mahmud Etemedzoda (1915-yil 14-yanvar; Rasht, Eronda tugʻilgan) — Behazin nomi bilan tanilgan eronlik yozuvchi, siyosiy faol va adabiy tarjimon. U koʻplab zamonaviy Gʻarb klassikalarini hamda Shekspir va Gyotening ayrim asarlarini tarjima qilgan. U Tude partiyasining aʼzosi edi. Bir necha yil oldin bir guruh yosh zamondoshlari tavalludiga 100 yil boʻlganligi munosabati bilan uning hayot va ijod yoʻli haqida sharh berdilar. Behazin Eron adabiy doiralari tomonidan fors tilini yaxshi bilishi hamda G‘arb adabiy asarlarini fors tiliga qilgan tarjimalarining go‘zalligi va asl matnga yaqinligi tufayli yuqori baholanadi.‌‌

Hayot yoʻli



Behazin Parijdagi „Brest“ universitetida dengiz muhandisligi bo‘yicha tahsil olgach, Eronga kelib, dengiz flotiga o‘qishga kiradi. U Xoramshahrga koʻchib oʻtadi va ikki yildan soʻng Bandar-e Anzaliydagi dengiz flotini taʼmirlash ustaxonasining bosh muhandisi boʻladi. U Eron Imperator dengiz floti leytenanti boʻlgan; uning chap qoʻli Angliya-Sovet qoʻshinlarining Eronga bostirib kirishi paytida Bandar-e Anzalida sovet bombasining shrapnellari oqibatida yaralangan va keyinchalik amputatsiya qilingan. U shu voqeadan soʻng, dengiz flotini tark etib, badiiy tarjimalar bilan shugʻullana boshlaydi.‌‌

Tarjimalari




Manbalar




Adabiyotlar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz