Mahmud Esad Coşan
Mahmud Esad Coşan (1938-yil 14-aprel – 2001-yil 4-fevral) – turk akademik yozuvchi, voiz, islom professori va naqshbandiya yetakchisi.
Biografiyasi
Coşan 1938-yil 14-aprelda Chanoqqal’aning Ayvajik tumani, Ahmetche qishlogʻida tugʻilgan. 1950-yilda Vezneciler boshlangʻich maktabini, 1956-yilda Vefa oʻrta maktabini tamomlagan. Istanbul universiteti Adabiyot fakulteti arab-fors filologiyasida oʻqishni boshlagan. Arab tili va adabiyoti, fors tili va adabiyoti, oʻrta asrlar tarixi va turk-islom sanʼati boʻyicha sertifikatlar olgan. 1965-yilda XV asr shoiri Hatipoğlu Muhammad va uning asarlari haqida dissertatsiyani himoya qilib, fan nomzodi ilmiy darajasini oldi. 1973-yilda dotsent, Anqara universiteti Turk-islom adabiyoti boʻlimiga oʻqituvchi boʻldi. 1977–1980-yillarda Teologiya kollejida dars bergan. Shu vaqt davomida parallel tarzda Sakarya hukumati arxitektura-muhandislik akademiyasida turk tili va adabiyoti fanidan dars bergan. 1982-yilda professor unvonini oldi.
İskenderpaşa jamoasi
1977-yilda Mehmed Zohid Kotku buyrugʻi bilan hadis suhbatlarini boshlagan. Keyinchalik Naqshbandiya-Xolidiya tariqasining İskenderpaşa Jamiya rahbari boʻlgan. 1987-yilda oʻz xohishi bilan nafaqaga chiqdi. U konferensiya, suhbat, nashriyot va turli korporativ faoliyatini davom ettirdi. U 28-fevral harmiy memorandumida Avstraliyaga ketdi.
Vafoti
Coşan va uning kuyovi Ali Yücel Uyarel 2001-yil 4-fevralga oʻtar kechasi Avstraliyaning Dubbo shahrida avtohalokatda vafot etgan. Koshanning oʻlimi haqidagi xabar kelganidan soʻng, Jamoat aʼzolari Üsküdarning Kichik Chamlija shahridagi İskenderpaşa jamoasi markaziga borishgan. Coşanning otasi Halil Necati Coşan va ukasi Mithat Coşan Çilhane masjidida taʼziyani qabul qilishgan. 2001-yil 9-fevralda uning janoza namozi Fotih masjidida oʻqildi. Eyup Sulton qabristoniga dafn etilgan.
Manbalar
uz.wikipedia.org