Mahmud ad-Dabusiy




Mahmud ad-Dabusiy (arabcha: محمود الدبوسي) — faqih

Toʻliq ismi Abulqosim Mahmud ibn Maymun ibn Muhammad ibn Abdulloh ibn Bakr Majja ad-Dabusiy boʻlib, Abulqosim uning kunyasi (laqabi)dir. U fozil faqih va shayx boʻlib, Maymun ad-Dabusiyning oʻgʻlidir. Mahmud ad-Dabusiy Marvda tugʻilganligiga qaramay „Dabusiy“ nisbasi berilishining sababi, otasi Maymun ad-Dabusiy asli dabusiyalik boʻlganligi uchundir. Abulqosim Mahmud ad-Dabusiy munozaralarni va jumboqli masalalarni echuvchi faqih darajasiga erishgan.

Ustoz va shogirdlari



Mahmud ad-Dabusiy boshlangʻich taʼlimni tugʻilib oʻsgan shahri Marvda Imom Abu Yoqub Yusuf ibn Ayyub al-Hamadoniy va Abu Mansur Muhammad ibn Ali al-Karoʻiy kabi olimlardan olgan. U Nisaburda Abu Abdulloh Muhammad ibn Fazl al-Faroviy va Abu Muzlim Abdulmunim ibn Abdulqosim al-Qushayriylardan hadis tinglagan. Tojuddin ibn Ali as-Sabkiyning „Tabaqotu ash-Shofeʼiyyati-l-kabir“ asarida keltirilishicha Mahmud ad-Dabusiydan Abulqosim ad-Damashqiy hadislar yozib olgan.

Safari



Uning bolalikdan ilm olish va hadis jamlashga ishtiyoqi baland boʻlganligi bois, ta'lim olish va hadis to'plash niyatida Xavaron, Tus va Nisabur kabi oʻz davrining ilm-maʼrifat maskanlari boʻlgan shaharlarga safar qilgan.

Vafoti



Mahmud ad-Dabusiyning vafot etgan yili borasida turlicha qarashlar mavjud.
Jumladan, Abu Saʼd as-Samʼoniyning „At-Tahbir fiy al-moʻʼjami-l-kabir“ asarida Mahmud ad-Dabusiyni 535/1141-yil oxirida yoki 536/1142-yil boshida Marvda vafot etgan, — deb ketirsa. Abdulloh Abdulhamid Saad" Oʻrta Osiyo olimlari qomusi" kitobida uni 530/1135—1136-yildan keyin vafot etgan, — deb keltirgan.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz