Mahmoud Dahoud




Mahmud Dovud (nemischa: Mahmoud Dahoud;) — nemis futbolchisi, Dortmundning „Borussiya“ klubi yarim himoyachisi hisoblanadi .

Biografiyasi



Dovud Suriya Kurdistonida, Suriya shimoli-sharqidagi, Turkiya va Iroq bilan chegaradosh Amuda shahrida tugʻilgan. Mahmud 10 oylik boʻlganida, uning ota-onasi mahalliy qurolli toʻqnashuvlardan Suriya-Turkiya chegarasi orqali Germaniyaga qochib ketishgan. Daud oilasi Dyusseldorfning gʻarbiy chekkasida joylashgan Langenfeldga joylashgan. Mahmud futbolni tumandagi SC Germania Reusrath klubining bolalar boʻlimida boshlagan. Keyinchalik u Fortuna Dyusseldorfning yoshlar jamoasida oʻynay boshladi va 2010-yilda u Myonxengladbaxning „Borussiya“ klubi yoshlar akademiyasiga qabul qilingan.

Jamoalardagi faoliyati



2014-yil 28-avgust kuni 18 yoshli Daoud „Borussiya“ ning asosiy tarkibida Yevropa Ligasi pley-off bosqichi javob o‘yinida Bosniyaning „Sarayevo“ jamoasiga qarshi o‘yinda maydonga tushgan va bu o‘yin „Borussiya“ning 7:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi. Ammo u 2014-2015-yilgi mavsumning qolgan qismini „Borussiya“ farm klubida oʻtkazishiga toʻgʻri kelgan.

Bir yil oʻtgach, u asosiy jamoaga qaytarildi va 2015-yil 23-sentyabrda Daoud Bundesligadagi birinchi golini „Augsburg“ darvozasiga kiritgan.

2017-yilning 30-mart kuni futbolchi mavsum yakunida Dortmundning „Borussiya“ siga o‘tishni hohlagani rasman maʼlum bo‘ldi. Shartnoma 5 yilga imzolangan, transfer summasi, ayrim manbalarga koʻra, 10-12 million yevroni tashkil qilar edi.

Jamoadagi faoliyati



Daud 18 yoshgacha va 19 yoshgacha boʻlgan yoshlar terma jamoalariga chaqirilgan. 2015-yilda Germaniya terma jamoasida (U20) oʻynagan. 2016-yilning 24-martida u Germaniya yoshlar terma jamoasi tarkibida debyut qilgan.

2019 -yozida Mahmud Italiyada boʻlib oʻtgan yoshlar terma jamoalari oʻrtasidagi Yevropa chempionatida ishtirok etish uchun terma jamoaga taklif qilingan. Guruhdagi ikkinchi o‘yinda Serbiyaga qarshi kechgan bahsda u 69-daqiqada gol urgan va jamoasi 6:1 hisobida g‘alaba qozongan.

2020-yil 7-oktyabrda Daoud Germaniya terma jamoasi safida Turkiyaga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida debyut qilgan.

Shaxsiy hayoti



Saidning ukasi ham professional futbolchi boʻlgan.

Yutuqlari



„Borussiya Dortmund“

Manbalar




uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz