Mahkamov Rufat Gʻulomovich




Mahkamov Rufat Gʻulomovich (1930.16.10, Toshkent – 2018.26.07) — mashinasozlik sohasidagi olim, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademik (2000), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan va texniqa arbobi (1982), texnika fanlari doktori (1978). professor (1979). Bauman nomidagi Mosk-va oliy texnika bilim yurtini tugatgan (1954). Mashinasozlik texnologiyasi ilmiy tadqiqot institutida kichik ilmiy xodim (1954—56), Oʻzbekiston Fanlar akademiyasining texnika fanlari boʻlimi ilmiy kotibi (1960-61), Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat institutida katta oʻqituvchi, dotsent, dekan, kafedra mudiri, professor (1962-yildan). Ilmiy faoliyati tola sifatini oshirish maqsadida paxta tozalash mashinalari ish organlari sifatini tekshirish va ularning parametrlarini optimallashtirishga bagʻishlangan.

Manbalar





uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz