Mahkam Obloqulov




Mahkam Obloqulov (1920.16.4, Urgut tumani — 1992.12.2) — kulol; Samarqand kulollik maktabining namoyandasi. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1977). Hunarni ota-sidan oʻrgangan. 1935-yildan "Harakat" va "Ittifoq" (1937-yildan) artellarida kosagar usta. Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi (1942 — 44). Kosagar (kosa, lagan, tovoq) hamda koʻzagar (koʻza, xum, tandir yasash) sifatida urgut kulolligini rivojlantirdi; anʼanaviy shakldagi kulollik buyumlarida rang va boʻyoklar jilvasi (sariq, yashil rang va ularning oʻnlar-cha tuslari)ni yaratdi. O. yaratgan kulollik buyumlaridan namunalar Oʻzbekiston va xorijiy mamlakat muzeylarida va xususiy toʻplamlarda saqlanadi.

Manbalar




uz.wikipedia.org

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz