Mahkam Narziqulova
Mahkam Narziqulova (15-aprel 1920-yil, Samarqand shahri — 21-mart 1973-yil, Samarqand shahri) — oʻqituvchi, Sotsialistik Mehnat Qahramoni (1968), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan oʻqituvchi (1968), KPSS aʼzosi (1961).
Tarjimayi holi
Mahkam Narziqulova 1920-yil 15-aprelda Samarqand shahrida tavallud topgan. Narziqulova 1935-yilda Samarqand pedagogika bilim yurtini tugatgan. Samarqand shahridagi 5-oʻrta maktabning boshlangʻich sinflarida 38 yil mobaynida dars bergan. Narziqulova jamoat va maktab ishlarida faol qatnashgan. Butunittifoq oʻqituvchilar 3-syezdi, Butunittifoq kasaba uyushmalari 15-syezdi delegati boʻlgan. Lenin ordeni (1968), Mehnat Qizil Bayroq ordeni (1959) bilan mukofotlangan. 1973-yil 21-martda Samarqand shahrida vafot etgan.
Manbalar
Adabiyotlar
uz.wikipedia.org