Mahie Gill




Rimpy Kaur „Mahie“ Gill (1975-yil 19-dekabrda tugʻilgan) — hind aktrisasi, hind va panjob kino sanoatida ishlaydi. U Anurag Kashyapning tanqidlarga uchragan hindcha Dev.D filmidagi Paro roli bilan tanilgan. Sarat Chandra Chattopadhyayning Bengal novellasi Devdasning zamonaviy surati uchun u 2010-yilda „Eng yaxshi aktrisa uchun“ Filmfare tanqidchilar mukofotini qoʻlga kiritdi. U Dev.D bilan Bollivudda debyut qilishdan oldin oʻz faoliyatini panjob filmlarida boshlagan.

Natijada, u Saheb, Biwi Aur Gangster, shuningdek, uning davomi, Saheb, Biwi Aur Gangster Returnes filmida rol ijro etganidan kegin tan olindi.

Faoliyati



Gill oʻzining ilk tanaffusini Bolliwoodning panjobi tiliga asoslangan Hawayein filmi bilan oldi va teatr bilan bir qatorda bir nechta panjob filmlarida suratga tushdi. Anurag uni birinchi marta ziyofatda koʻrib qolganidan soʻng uni Dev.D filmidagi Paro obrazini oʻynashi uchun darhol taklif qildi. U Ram Gopal Vermaning 2008-yildagi Niraj Grover qotilligi ishi asosida yaratilgan No Love Story filmida ishlagan. U shuningdek, 2011-yil 30-sentyabrda chiqarilgan Jimmy Sheirgill va Randeep Huda bilan Saheb, Biwi Aur Gangster -da ishlagan. Bu film unga Filmfare mukofotlarida „Eng yaxshi aktrisa“ nominatsiyasini taqdim etdi.

Gill Irfan Khan bilan Paan Singx Tomar filmida paydo boʻldi. Bu film zoʻravonga aylangan sportchining haqiqiy hikoyasiga asoslangan. Bunda u bosh qahramonning xotini rolini oʻynadi. Gill oʻzining debyutini Apoorva Lakhianing Toofan filmida amalga oshirdi, u hind tilidagi Zanjeer bilan bir vaqtda suratga olingan. U oʻzining birinchi mashxur chiqishini Tigmanshu Dhulianing Bullett Raja filmida qildi.

Mahie Gill rejissyor Mahesh Manjrekar tomonidan suratga olingan „1962 The War in the Hills“ nomli navbatdagi onlayn-serialida koʻrinadi. Serialda Abhay Deol, Sumeet Vyas, Akash Thosar rol oʻynaydi.

Shaxsiy hayoti



Gill yigiti bilan Goada yashaydi va Veronika ismli qizi bor.

Filmografiya




Onlayn-seriyalar




Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz