Mahfurat Hushvaqtova
Xushvaqtova Mahfurat Jabborovna (tugʻ. 1973-yil 23-sentyabr, Qarshi, Oʻzbekiston SSR) — oʻzbek shifokori va davlat arbobi, 2020-yildan „Adolat“ sotsial-demokratik partiyasidan IV chaqiriq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati. Byudjet va iqtisodiy islohotlar qoʻmitasi aʼzosi. Qashqadaryo viloyati „Ona va bola“ skrining markazi bosh vrachi.
Biografiya
Mahfurat Jabborovna 1973-yil 23-aprelda Qarshi shahrida tugʻilgan. 1997-yilda Samarqand davlat tibbiyot institutini „Umumiy tibbiyot“ mutaxassisligi boʻyicha tamomlagan.
Martaba
Mehnat faoliyatini 1997-yilda Qashqadaryo viloyatidagi tugʻruqxonada ordinator sifatida boshlagan. Keyin 1998-2004-yillarda Qarshi shahridagi 2-sonli poliklinikada akusher-ginekolog boʻlib ishlagan. 2004-2009-yillarda oila va nikoh boʻlimi mudiri. Keyingi yillarda Mahfurat Qarshi shahar tibbiyot birlashmasi ona va bola salomatligini muhofaza qilish boʻyicha mudir oʻrinbosari, 2009-2017-yillarda esa Qashqadaryo viloyati davolash diagnostika markazi ginekologiya boʻlimi mudiri va akusher-ginekologi boʻlgan.
Hushvaqtova 2017-yildan Qashqadaryo viloyati „Ona va bola“ skrining markazi bosh shifokori lavozimida ishlab kelmoqda.
2020-yildan boshlab Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati. „Adolat“ sotsial-demokratik partiyasi fraksiyasi aʼzosi. Shuningdek, byudjet va iqtisodiy islohotlar qoʻmitasi aʼzosi.
Manbalar
uz.wikipedia.org